Latent (lat. latens - yashirin)
davr bu o’simlik
urug‘larining tinim davri hisoblanadi.
Climacoptera (Baliqko’z) turlarining mevalari bir urug‘li,
lizikarp, urug‘simon perigonial qobiqli
bо‘lib, о‘lchami va
shakli turli
bо‘lgan
5 ta
gulqо‘rg‘ondan iborat.
BIR YILLIK BALIQKO’Z O’SIMLIGINING ONTOGENEZI
I. LATENT DAVRI.
С. ferganica
С. intricata
C. affinis
I. Latent davri urug‘lar
(se) yoki ochilmaydigan bir urug‘li mevalar: yong‘oqlar,
donchalar va boshqa urug‘larning dastlabki tinim davridagi xolati
bо‘lib, bunday
о‘simliklarga xos morfologik belgilar xarakterlidir.
II. Generativ oldi (Virginil) davr.
Maysalik bosqichida (r) urug‘ tarkibidagi modda va birlamchi barglarning xususiy
assimilyatsiyasi hisobiga aralash oziqlanadi; murtak strukturasining urug‘pallabargning,
birlamchi murtak ildizi va poyasining mavjudligi, ularning urug‘da saqlanishga bog‘liq.
Yuvenil bosqich (j) asosan
о‘sish jarayonining sodalashuvi, murtak strukturasini
ma’lum bir qismining saqlanishi, urug‘ bilan bog‘liqlikning
yо‘qolishi, urug‘pallabargning
mavjud emasligi; yetuk
о‘simliklarga xos belgi va xususiyatlari shakllanmagan. Shuningdek
yetuk
о‘simliklarga qaraganda mazkur bosqichda о‘simlik barglarining shakli va joylashishi
bilan farqlanadi.
Immatur
bosqich
(im)
-
yuvenil
bosqichdagi
о‘simliklarni voyaga yetgan
о‘simliklarga о‘tishidagi belgi va xususiyatlarining mavjudligi: barglari rivojlanishi va ildiz
tizimi
о‘zgaruvchan tipli, poyaning dastlabki shoxlanish tuzilishida voyaga yetganlikning
ayrim belgilarining paydo
bо‘lishi, birlamchi poya elementlarining birvaqtni о‘zida alohida
saqlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: