2.1 HUJJATLAR ATAMA VA TA’RIFLARI
|
Yozuvlar
|
Erishilgan natijalar yoki amalga oshirilgan faoliyat dalillarini o‘z ichiga olgan hujjatlar (ularni to‘ldirgandan so‘ng maxsus shakllar, blankalar, hisobotlar, hisobot, ro‘yxatga olish va tarqatish jurnallari, hujjatlarni berish uchun reestrlar va boshqalar)
|
Nazorat
namunasi
|
Haqiqiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatning asl nusxasi, “Nazorat nusxasi” yozuvi bilan belgilanadi, uning dolzarbligi kuzatilishi kerak
|
Nazorat
qilinuvchi namunalar
|
Asl hujjat, “Nusxa raqami” yozuvi bilan belgilanadi, ularning dolzarbligi kuzatilishi kerak
|
Nazoratdagi nusxalar
|
Bu asl nusxaning qog‘oz nusxalari, “___nusxa ko‘chirish raqami” yozuvi bilan belgilanib, ularning dolzarbligi kuzatilishi kerak. Nusxalar soni va ularning tarqatilishi hujjatning ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilanadi
|
2.2 Tashkilotlar va ularning faoliyatlari bilan bog‘liq atama va ta’riflar
|
Ish
|
Muayyan munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajarishga qaratilgan harakatlarning tartibli to‘plami.
|
Texnik xizmat ko‘rsatish
|
Uskunaning soz holatini yoki ishlash qobiliyatini va uning resur(zahira)sini tiklash bo‘yicha operatsiyalar majmuasi.
|
Ta’mirlash
|
Ta’mirlashlar oralig‘ida uskunaning ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlar majmuasi.
|
Qiyoslash |
O‘lchash vositalarining belgilangan talablarga mosligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmati idorasi yoki bu ishga vakolatli boshqa idoralar (tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui
|
Iste’molchi shikoyati
|
Iste’molchining korxonaga yetkazib berilayotgan mahsulotdan noroziligini bildiruvchi (uning sifati, boshqa shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi va h.k. bo‘yicha) har qanday shakldagi murojaati.
|
2.3 Boshqaruv tizimida ishlatiluvchi atamalar
|
Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimi
|
Ikki va undan ortiq standartlar talablariga javob beradigan va ishlaydigan tizim
|
UBT bo‘yicha qo‘llanma
|
Tashkilotni boshqarish tizimlarini belgilovchi hujjat .
|
Tuzatish
harakatlari
|
Aniqlangan nomuvofiqlikning yoki boshqa noma’qul vaziyating sababini bartaraf etish uchun bajarilgan harakat.
|
Tuzatish
|
Aniqlangan nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun bajarilgan harakat.
|
Nomuvofiqlik
|
Talablarning bajarilmasligi.
|
UBT sohasidagi siyosat
|
Tashkilotning yuqori rahbariyati tomonidan rasmiy ravishda shakllantirilgan sifat, ekologiya, energiya tejamkorligi, va mehnatni muhofaza qilish sohaslaridagi tashkilotning umumiy yo‘nalishini o‘z ichiga olgan va shu sohalardagi maqsadlari uchun asos sanalgan hujjat.
|
Xavf (risk)
|
Xavf yetkazish ehtimoli va bu xavf og‘irligining birlashuvi oqibatida og‘irligi darajasini hisobga olgan holda inson hayoti yoki sog‘ligiga, atrof-muhitga shu jumladan, o‘simlik va hayvonot olamiga yetkazish ehtimoli bo‘lgan zarar yoki xavf.
|
UBT sohasining maqsadlari
|
Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimi siyosatiga asoslangan va alohida bo‘limlar va umuman korxonaning ish faoliyatini yaxshilash bo‘yicha erishmoqchi bo‘lingan chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan hujjat.
|
Ekologik aspekt
|
Atrof-muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashkilot faoliyati yoki uning mahsulotlari yoki xizmatlarining elementi.
|
2.4 Sanoat xavfsizligi bilan bog‘liq atama va ta’riflar
|
Xavfli
ishlab chiqarish obyektlarida halokat
|
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan inshootlarni va (yoki) texnik qurilmalarni yo‘q qilish, nazoratsiz portlashi va (yoki) xavfli moddalarni chiqarishi.
|
Xavfli
ishlab chiqarish obyektlarida noxuhs hodisalar
|
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarning ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologik jarayon rejimidan chetga chiqishi, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ- texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzulishi.
|
Xavfli
ishlab chiqarish obyektlari
|
Korxona yoki uning sexlari, uchastkalar, ularning maydonlari, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari, bu yerda
quyidagi xavfli moddalar ishlab chiqariladi, qayta ishlanadi, hosil bo‘ladi, yo‘q qilinadi:
-portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalar;
-tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilihs darajasiga ko‘ra I, II va III xavflilik darajalariga (o‘ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o‘rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
-uchqun chiqaruvchi moddalar, ya’nikim, kimyoviy aralashma vaqtida issiqlik chiqishi va gaz hosil bo‘lishi bilan juda tez o‘z-o‘zidan tarqaladigan modda;
- ishlab chiqarish chiqindilari konsentratsiyalarda inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfli moddalar
|
|
- 0,07 MPa dan ortiq bosim ostida yoki normal atmosfera bosimida ishchi suyuqlikning qaynash nuqtasini oshiradigan haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladi.
|
Sanoat xavfsizligi
|
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxuhs hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan shaxs va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish holati.
|
Sanoat xavfsizligi
talablari
|
Qonun hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar bo‘lib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydi
|
2.5 Amaliy qisqartmalar
|
АJ
|
Aksiyadorlik jamiyati
|
AOS
|
Avariyadan ogohlantiruvchi signalizatsiya
|
UBT
|
Uyg‘unlashgan boshqaruv tizimi
|
MTX
|
Muhandis-texnik xodim
|
NO‘A va A
|
Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika
|
NTH |
Normativ- texnik hujjatlar (GOST, va boshqalar.)
|
TTMM
|
Xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalari
|
E MM va XTB
|
Ekologiya, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi
boshqarmasi
|
AQAH
|
Avariyaga qarshi avtomatik himoya
|
RPT
|
Rejali-profilaktik ta’mirlash
|
TEQQ va XTQ
|
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari
|
EQTQ
|
Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari
|
RQ
|
Rejali qiyoslash
|
|