O‘zgarishlarni qayd etish varag‘i
Download 331.03 Kb.
|
BMetB-ULY-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- UBT maqsadlarini ishlab chiqishda ishtirok etish
MAJBURIYATLARI
NO‘AvaA katta ustasi quyidagilarga majburdir: 6.1 O‘zining sexidagi barcha boshqaruv va avtomatlashtirish, signalizatsiya va blokirovkalarning uzluksiz ishlashini va o‘lchashlarni amalga oshirishga tayyorligini ta’minlash. 6.2 Tasdiqlangan rejalar, buyruqlar va farmoyishlarni belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash. 6.3 RPT jadvallarini, o‘lchash asboblarini qiyoslash jadvallarini o‘z vaqtida bajarish. 6.4 Bajarilgan ishlarning sifatini tekshirish. Tezkor ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni ta’minlash. 6.5 Sexdagi barcha boshqarish va avtomatlashtirish vositalarining hisobini yuritish, ularning butunligini kuzatib borish, uchastkaning mol-mulki yoxud asboblar yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan taqdirda darhol uchastka boshlig‘iga, u yo‘q bo‘lganda - sex boshlig‘iga xabar berish. 6.6 Nazorat qiluvchi tashkilotlarning NO‘AvaA, AOS va AQAH masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish. Ularni bajargandan so‘ng, ko‘rsatmani bergan shaxsga yozma ravishda bildirish. 6.7 Buzilgan yoki qiyoslanmagan asboblardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik. 6.8 Pudratchilar tomonidan NO‘AvaA bo‘yicha ishlarning bajarilishini shaxsan nazorat qilish. Bajarilgan ishlarning sifati va hajmini tekshirish va pudratchilar tomonidan taqdim etilgan bajarilgan ishlar dalolatnomalarini tasdiqlash. 6.9 Kapital ta’mirlash uchun nuqsonlar vedomostlarini va zarur materiallar va jihozlar ro‘yxatini tuzish. 6.10 Ishlash samaradorligini, ishonchliligini oshirish, ishlaydigan o‘lchash vositalarini kapital ta’mirlash va avtomatik boshqarish orasidagi muddatni uzaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish hamda asboblar parkini birlashtirish. 6.11 Mustaqil ravishda ham, malaka oshirish kurslarida ham malakasini muntazam oshirib borish. 6.12 Qo‘l ostidagi jamoada yuqori professionallikni saqlash. NO‘AvaA chilangarlari va ustalarining malaka va kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish. 6.13 “Navoiyazot” AJ mehnat qonunchiligi asoslari va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish. 6.14 Bosh metrolog yoki uning o‘rinbosari tomonidan tayinlangan texnik yig‘ilishlarda va rejalashtirish yig‘ilishlarida ishtirok etish 6.15 Belgilangan hisobotlarni va boshqa texnik hujjatlarni tuzish. 6.16 UBT maqsadlarini ishlab chiqishda ishtirok etish 6.17 O‘z faoliyatining UBT sohasidagi Strategiya va siyosatga muvofiqligini ta’minlash. 6.18 Mumkin bo‘lgan boshqaruv xatarlarini aniqlash va muhim xavf va xavf-xatarlar bo‘yicha chora-tadbirlarni tayyorlashda ishtirok etish. 6.19 Ish joyidagi xavf-xatarlar identifikatsiyasida va muhim xavf-xatarlar bo‘yicha chora-tadbirlarni tayyorlashda ishtirok etish. 6.20 O‘z ish sohasida ekologik jihatlarni (aspekt) aniqlashda ishtirok etish. 6.21 O‘z ish sohasida belgilangan vazifalar doirasida energiya samaradorligini yaxshilash uchun energiya tahlilida ishtirok etish. 6.22 O‘ziga yuklangan vazifalar doirasida aniqlangan nomuvofiqliklarning sabablarini bartaraf etish bo‘yicha zarur tuzatish harakatlarida ishtirok etish. 6.23 O‘ziga yuklangan vazifalar doirasida aniqlangan nomuvofiqliklarning sabablarini bartaraf etish bo‘yicha zarur tuzatish harakatlarini amalga oshirish. 6.24 Boshqaruv tizimining ichki auditlarida ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq auditor sifatida ishtirok etadi (agar ushbu mansabdor shaxs boshqaruv tizimining auditori bo‘lsa). 6.25 TB-UZN-2 Nizomining 9-bandiga va BMetB-N-1 Nizomiga muvofiq tarkibiy bo‘linmaning hujjatlarini va yozuvlarini boshqaradi. Download 331.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling