O’zgarmas tok kuchaytirgichlari to’g’risida ma‘lumot


Download 34.81 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi34.81 Kb.
#1504452
  1   2   3
Bog'liq
ZAFARBEK Sanoat elektronikasi tajriba amaliyot


Mavzu: O’zgarmas tok kuchaytirgichlari
Reja:
1. O’zgarmas tok kuchaytirgichlari to’g’risida ma‘lumot
2. Differensial kuchaytirgichlar
3. Operatsion kuchaytirgichla
4.Xulosa

O’zgarmas tok kuchaytirgichlari to’g’risida ma‘lumot
Ayrim hollarda yo’nalish jihatdan o’zgarmay, faqat qiymati sekin o’zgaruvchi signallarni ham kuchaytirish talab qilinadi. Bunday hollarda galvanik bog’langan o’zgarmas tok kuchaytirgichlaridan foydalaniladi. 1.-rasmda asta-sekin o’zgaruvchi signallar kuchaytirgichi ko’rsatilgan. kuchaytirgich uch kaskaddan iborat. Har bir kaskad UE sxema bo’yicha yig’ilgan. Ajratuvchi kondensatorlar bo’lmagani uchun har bir kaskadning o’zgarmas tashkil etuvchisi keyingi kaskadning bazasiga uzatiladi va shuning uchun mazkur tashkil etuvchi kompensatsiyalanishi kerak. Oldingi kaskadning o’zgarmas tashkil etuvchisini kompensatsiyalash uchun keyingi kaskadning Re qarshiligidan olinuvchi o’zgarmas kuchlanishdan foydalaniladi. Tranzistorlar (VT2 va VT3 ) ning baza-emitter normal kuchlanishlarini Rэ va Rэ3 qarshiliklar ta‘minlab beradi. Tranzistor VT1 ning osoyishtalik rejimini R1 va R2 kuchlanish bo’lgich va Rэ1 qarshiliklar ta‘minlanadi.
Rэ1, Rэ2 va Rэ3 qarshiliklar tok bo’yicha manfiy teskari bog’lanishni hosil qilib, kuchaytirgich nolining ko’chishini kamaytiradi. Kuchaytirgich nolining ko’chishi deb chiqish signali kirish signaliga bog’liq bo’lmagan o’zgarishiga aytiladi. Ko’chishning asosiy sababi manba kuchlanishining, atrof-muhitning harorati va sxema parametrlarining o’zgarishidir. Ko’chish kuchlanishi signal kuchlanishi bilan tenglashib signalning ancha buzilishiga olib kelishi mumkin. Nol ko’chishini kamaytirish maqsadida parallel-balans yoki differensial kaskadlardan foydalaniladi.

1.-rasm.
Differensial kuchaytirgichlar
Ikki signal farqini kuchaytiruvchi qurilma differensial kuchaytirgich deb ataladi. Chiqishdagi signal har bir kirish signaliga emas, balki ularning ayirmasiga bog’liqdir. Eng oddiy differensial kuchaytirgich umumiy emitter qarshilik ulangan ikkita bir xil tranzistor asosida quriladi (2.-rasm). Kirish kuchlanishlari tranzistorlar (VT1 va VT2 ) ning baza-emitter o’tishiga beriladi. Bu kuchlanishlarning ayirmasi bir necha millivoltdan ortmasa, kuchaytirgich VAX ning chiziqli qismida ishlaydi. Uning kuchaytirish koeffitsienti 100 ga yaqindir. Chiqish qismlari 1/ va 2/ dan chiqish kuchlanishi olinadi. Kuchaytirgichning uzatish koeffitsienti :
Kuchaytirgichlarda bir xil tranzistorlarni topish juda qiyin. Shu sababdan mikrosxema asosida tuzilgan differentsial kuchaytirgich kaskadlaridan foydalaniladi. К118УЛ1 shunday sxemalarning namunasi bo’la oladi.


Download 34.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling