O`zgarmas tok mashinasining tuzilishi va


Magnit maydonini uyg‘otish usuliga ko‘ra o‘zgarmas tok generatorlarini tasniflash


Download 26.64 Kb.
bet2/7
Sana22.02.2023
Hajmi26.64 Kb.
#1222492
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ozgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipi. Ozga

Magnit maydonini uyg‘otish usuliga ko‘ra o‘zgarmas tok generatorlarini tasniflash


O„zgarmas tok generatorlarining xususiyatlari ularning uyg„otish sxemasiga qarab, yani bosh qutbning uyg„otish chulg„amlariga qanday yuborilishiga qarab turlicha bo„ladi.

O„zgarmas tok generatorlari magnit maydonni uyg„otish usuliga qarab, mustaqil uyg„otishli va o„z-o„zidan uyg„otishli bo„ladi. Mustaqil uyg„otishli generatorlarning uyg„otish chulg„amlariga yuboriladigan tok tashqi manba (akkumulyator batareyasi yoki boshqa generator) dan olinadi. O„z-o„zidan uyg„otishli generatorlarning uyg„otish chulg„amlariga yuboriladigan tok bevosita generatorning o„zida (yakoridan) olinadi. o„z-o„zidan uyg„otishli generatorlar uch xil bo„ladi:

  1. paralel uyg„otishli yoki shunt uyg„otishli generatorlar;

  2. ketma ket uyg„otishli yoki series generatorlar;

v) aralash uyg„otishli yoki kompaund generatorlar.
Parallel uyg„otishli generatorlarda uyg„otish chulg„ami yakor chulg„amiga parallel qilib ulangan. Ketma ket uyg„otishli generatorlarda esa uyg„otish chulg„ami yakor chulg„amiga ketma-ket ulanadi. Aralash uyg„otishli generatorlarning uyg„otish chulg„ami ikkita bo„ladi. Ulardan biri yakor chulg„amiga parallel, ikkinchisi esa tashqi yakor shoxobchasiga ketma ket qilib ulanadi. Agar ushbu generatorning paralel chulg„amidan o„tuvchi ozgina tok hisobga olinmasa, ketma ket uyg„otish chulg„amini ham yakor chulg„amiga ketma ket ulangan, deb hisoblasa bo„ladi.

O‘zgarmas tok generatorlarining o‘z-o‘zidan uyg‘otilishi


O„zgarmas tok generatorlarining o„z-o„zidan uyg„otish zanjirida ishlatiladigan quvvati juda kichik (yakorda iste‟mol qilinadigan quvvatning 3  5% qismini tashkil qiladi). Uyg„otish zanjirini ta‟minlash uchun alohida mustaqil manba ishlatish juda noqulay. Shuning uchun amalda uyg„otish chulg„amini yakordan olingan tok bilan ta‟minlaydigan o„z-o„zidan uyg„otish generatorlari ko„p roq ishlatiladi.
Parallel uyg„otishli generatorda uyg„otish chulg„ami rostlash qarshiligi orqali yakorga parallel qilib ulanadi. Bunday generatorning yakori qismalaridagi kuchlanish

U я E I я Rя
U,

bu yerda IyaRya - yakor qarshiligidagi kuchlanishning pasayishi.
Yakor ham tashqi elektr shoxobchasini, ham uyg„otish zanjirini tok bilan ta‟minlaydi, ya‟ni
Iya=I+Iu.
Generator normal ishlaganida uning uyg„otish chulg„amidan o„tadigan tokning miqdori:


U
R R
UR ,
R R

P y P
bu yerda UU - uyg„otish kuchlanishi (u yakor qismlaridagi kuchlanish- ga teng); RU – uyg„otish chulg„amining qarshiligi; RR – rostlash reostatining qarshiligi.
Yuklama bo„lmaganida, ya‟ni I=0 da
IYa= Iu.

Uyg„otish toki yakorning nominal tokiga nisbatan juda oz bo„lganligi uchun yakor kuchlanishining pasayishini e‟tiborga olmasa ham bo„ladi, ya‟ni UYa Ye=cpF bo„ladi. Bunda
  УУ .
RМ
Yakorning aylanish tezligi o„zgarmas bo„lganida yakor qismalaridagi kuchlanish uyg„otish tokigagina bog„liq bo„ladi, ya‟ni
U я E f (I у ).
Yuqoridagi ifodaga muvofiq uyg„otish tokini hosil qilish uchun yakor qismlarida kuchlanish bo„lishi kerak. (o„) ifodaga ko„ra yakor qismalarida kuchlanish hosil qilish uchun uyg„otish toki bo„lishi kerak.
Dastlab yakor birlamchi dvigatel vositasida aylantirila boshlaganda uyg„otish toki va uyg„otish tokini hosil qiluvchi yakor qismalarida hech qanday kuchlanish bo„lmaydi. Shunday bo„lsa, mashinada kuchlanish va tok qanday hosil bo„ladi? Bunday generatorda EYuK paydo bo„lishi o„z-o„zidan uyg„otish prinsipiga asoslangan.
Generator ishlashi yoki o„z o„zidan uyg„onishi uchun uning magnit sistemasi (qutblar va stanina) da qoldiq magnetizm Fq. m bo„lishi shart. Mashinada bunday qoldiq magnetizm dastlab zavodning o„zida tashqi tok manbai yordamida vujudga keltiriladi. Qoldiq magnetizm Fq.m yakor chulg„amlarida biroz bo„lsa ham EYuK Eq.m ni induksiyalaydi. Shu EYuK uyg„otish chulg„amlarida Iu.q.m tokini hosil qiladi

Iu.q.m=
R
E


.

  • R R

E. ,
R R

R    
bunda yakorning qarshiligi e‟tiborga olinmaydi, chunki u uyg„otish chulg„amining qarshiligiga qaraganda ancha kichik bo„ladi. Iu.q.m. uyg„otish toki magnit maydonini hosil qiladi. Ushbu magnit maydoni tomon yo„nalanadi. Agar ular bir tomonga yo„nalmasa, generator o„z-o„zidan uyg„onmaydi va ishlay olmaydi. Bunday generator yakorini teskari yoki uyg„otish zanjiridagi tokning yo„nalishi o„zgartirishga to„g„ri keladi. Buning uchun uyg„otish zanjirining yakorchulg„amlariga ulangan uchlarini almashtirish kerak.
Uyg„otish tokini hosil qiluvchi magnit maydonni qoldiq magnetizmning magnit maydoni tomon yo„nalgan bo„lsa, jami magnit maydoni va induksiyalanuvchi EYuK osha boradi. Bu jarayon uyg„otish zanjiridagi kuchlanish induksiyalanuvchi EYuK ni muvozanatlagunga qadar davom etadi.. Ammo, magnit to„yinishi tufayli kuchlanishning o„sish jarayoni cheklangan bo„ladi.
Elektr mashinalarining xossalarini ularning xarakteristikalari yordamida oson tushunish mumkin. Bu xarakteristikalar mashinaga oid barcha kattaliklar o„zgarmay turib, faqat ikki asosiy parametr o„zgarganda ular orasidagi bog„lanishni ifoda etuvchi egri chiziqdan iborat. Amalda generator uchun yakorning aylanishlar chastotasi o„zgarmas, yakor uchidagi kuchlanish, yakor toki va uyg„otish toki esa o„zgaruvchan kattaliklar hisoblanadi. Parallel

uyg„otishli o„zgarmas tok generatorini tekshirganda uning uchta asosiy xarakteristikasi olinadi.


  1. Download 26.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling