O‘zgarmas tokning asosiy qonunlari


Download 40.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi40.18 Kb.
#1607189
1   2
Elektromagnit hodisalari. Tokli o‘tkazgich atrofidagi fazoda magnit 
maydon mavjud bo‘ladi. Elektr toki bilan magnit maydon bir biridan ajralmasdir. 
Magnit maydon shunday maxsus moddiy muhitki, uning vositasida toklarning 
o‘zaro ta’siri amalga oshadi.
Magnit maydon kuch chiziqlari tekislikdagi tokli o‘tkazgichga 
perpendikulyar bo‘lib, uni o‘rab oluvchi berk egri chiziqlardir. Tok magnit 
maydonining kuch chiziqlari yo‘nalishi bu tok yo‘nalishi bilan Maksvell (parma) 
qoidasi bilan bog‘liq. 


Magnit maydonidagi tokli o‘tkazgichga kuch ta’sir qiladi. Bu kuchning 
yo‘nalishi chap qo‘l qoidasi bo‘yicha aniqlanadi. 
Magnit maydon kuchlanganligi N maydonga perpendikulyar joylashgan 
tokli o‘tkazgichning uzunlik birligiga magnit maydon ko‘rsatadigan kuchga son 
jihatidan teng bo‘lgan fizik kattalikdir, ya’ni:
=
,
bunda 
− tok o‘tayotgan butun o‘tkazgichga ta’sir etuvchi kuch
−o‘tkazgichning uzunligi; −tok va maydon yo‘nalishlari orasidagi burchak.
Magnit maydon kuchlanganligi vektor kattalikdir. Maydonning ma’lum 
yeuqtasi kuchlanganligining vektori shu nuqtadan o‘tuvchi kuch chizig‘iga urinma 
bo‘yicha yo‘nalgan va bu chiziq bilan bir xil joylashgandir.
Tokli g‘altakka magnetik, masalan temir o‘zak kiritish magnit maydonni 
kuchaytiradi. Bu hol o‘zakning magnitlanishi bilan belgilanadi. Bunda o‘zakning 
atrofida xususiy magnit maydon hosil bo‘ladi. natijada o‘zakli g‘altakning yig‘indi 
magnit maydoni g‘altakning maydonidan ancha katta bo‘ladi.
Bunday yig‘indi magnit maydon magnit induksiyasi deb ataluvchi maxsus 
kattalik bilan xarakterlanadi. Magnit induksiya B quyidagiga teng:
=
bunda −magnetikning magnit kirituvchanligi.
Maydonning magnit induksiyasi vektor kattalikdir. Magnit induksiyasi 
vektorining yo‘nalishi kuchlanganlik vektorining yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi. 
Vakuumda =1, tajriba havoda magnit maydon kuchlanganligi bilan magnit 
maydon induksiyasining qiymati bir xil ekanini ko‘rsatadi. 
Magnit maydon kuch chiziqlarini quyidagicha o‘tkazishga shartlashilgan. 
Markazi magnit maydonining ma’lum nuqtasida va maydonning shu nuqtasidagi 
induksiya vektoriga perpendikulyar bo‘lgan 1 м
2
maydon orqali son jihatidan shu 
induksiya vektori qiymatiga teng chiziqlar o‘tadi.
Ma’lum maydon orqali o‘tuvchi magnit kuch chiziqlari shu maydondan 
o‘tuvchi magnit oqimi (Ф) deyiladi.


Magnit maydon bir jinsli bo‘lgan holda, (taqasimon magnit qutblari 
orasidagi maydon) maydonga perpendikulyar bo‘lgan yuz orqali o‘tuvchi magnit 
oqim quyidagiga teng: 
Ф
=
bunda −magnit maydon induksiyasi.
O‘tkazgich konturi bilan chegaralangan maydonni kesib o‘tuvchi magnit 
oqimining turlicha o‘zgarishi vaqtida o‘tkazgich konturida induksiya elektr 
yurituvchi kuchi vujudga keladi.
O‘tkazgichda vujudga keluvchi induksiya elektr yurituvchi kuchi kattaligi 
И
Faradeyning elektromagnit induksiyasi qonuniga asosan o‘sha magnit 
oqimining o‘zgarishi tezligiga proporsional bo‘ladi, ya’ni
И
= −
Ф
∆ ,
bunda 
Ф

−o‘tkazgich bilan chegaralangan maydonni kesib o‘tuvchi magnit 
oqimining o‘zgarish tezligi.
−bu formulaga kiruvchi kattaliklarning o‘lchov birligiga bog‘liq bo‘lgan 
proporsionallik koeffitsiyenti , bo‘lib o‘ramlar soniga teng.
Kuchlanganligi N erstedga teng bo‘lgan bir jinsli magnit maydonda sm 
uzunlikdagi o‘tkazgich 
/с tezlik bilan harakatlantirilsa, o‘tkazgichda 
И
= −
ga teng induksiya elektr yurituvchi kuchi hosil bo‘ladi, bunda 
−maydon kuchlanganligi vektori bilan o‘tkazgich harakat tezligi vektori 
orasidagi burchak.
Magnit induksiyasi oqimining yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishi xususan 
konturning o‘zidagi tok kuchining o‘zgarishi (o‘zinduksiya hodisasi) natijasida 
vujudga keladi. Bunda o‘zinduksiyaning elektr yurituvchi kuchi quyidagi 
formuladan aniqlanadi
`
=


,
bunda 
`
−o‘zinduksiya elektr yurituvchi kuchi




−zanjirdagi tokning o‘zgarish tezligi; 
− zanjirning induktivligi. 

Download 40.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling