O‘zgaruvchan тok Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirlari


Download 235.87 Kb.
bet2/5
Sana21.06.2020
Hajmi235.87 Kb.
#120736
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zgaruvchan тok Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirla


1.24-rasmda generatorning stator va rotori yoyib ko‘rsatilgan. Magnitli rotor aylanganida qo‘zg‘almas statordagi izolyatsiyali o’tkazgichlarni (simlarni) magnit maydoni kesib o‘tadi, mashinada o‘zgaruvchan tok hosil bo‘ladi. Bunday elektr mashinani bir fazali o‘zgaruvchan tok generatori deyiladi. O‘zgaruvchan tok manbalari har xil bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchan tok generatorining rotoriga o‘tkazgich o‘ramlari joylashtirilgan bo‘lsa, u holda rotordagi o‘ramlarga o‘zgarmas elektr toki ulanib, unda elektr magnit hosil qilinadi. Bu o‘ramlar o‘zgaruvchan tok generatorining qo‘zg‘atuvchan chulg‘amlari deb ataladi. Bunday generatorlarda miqdori va yo‘nalishi o‘zgaruvchan tok hosil bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, o‘zgaruvchan tokning burchak chastotasini quyidagicha yozish mumkin:

Bu ifoda o‘zgaruvchan tok fazasining 1 sekundda radian o‘zgarishini ko‘rsatadi. Masalan,



f = 50 Hz chastota uchun burchak chastota ω =314 rad/s. ω ga ko‘ra elektr yurituvchi kuch, kuchlanish va toklar eng yuqori qiymatlarining vaqt t (1.25-rasm) bo‘yicha emas, balki ωt (rad) burilish burchagi (fazasi) bo‘yicha eng yuqori miqdoriga bog‘liq ravishda grafigini (diagrammalarini) chizish mumkin.



O‘zgaruvchan tokning samarali va o‘rtacha qiymatlari

O‘zgaruvchan tok ham, o‘zgarmas tok kabi elektr zanjirda ma’lum ishni bajaradi, ya’ni simlarni qizdiradi, magnit va elektr maydon hosil qiladi. Ko‘p hollarda elektr toki bajargan ish shu tok kuchining kvadratiga proporsionaldir. Masalan, qarshiligi r bo‘lgan o‘tkazgichdan T vaqt davomida o‘zgarmas tok I o‘tganda ajralib chiqqan issiqlikning bajargan ishi



Amalda to‘g‘rilagich sxemali magnitoelektr sistema asboblaridan tashqari (bular o‘rtacha qiymatni o‘lchaydi), o‘zgaruvchan tokni o‘lchash uchun mo‘ljallangan barcha asboblar (elektromagnitli, elektrodinamikali va boshqalar) uning samarali (effektiv) qiymatini o‘lchaydi.



Download 235.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling