O‘zgaruvchan tok zanjirida induktiv va sig‘im qarshiliklar
EYK hosil bo‘lib, u hamma vaqt tashqi EYK
Download 102.4 Kb.
|
O‘zgaruvchan tok zanjirida induktiv va sig‘im qarshiliklar
EYK hosil bo‘lib, u hamma vaqt tashqi EYK ga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi va tokning ortishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun o‘zinduksiya bo‘lganda zanjirda o‘zgaruvchan tok kuchi o‘zinduksiya bo‘lmagandagidan kichik bo‘ladi. G‘altakdagi tokning o‘zgarish tezligi va g‘altakning induktivligi qancha katta bo‘lsa, induksion tok shuncha katta bo‘ladi. O‘zgaruvchan tokning chastotasi qancha katta bo‘lsa, tokning son jihatdan o‘zgarish tezligi ham shuncha katta bo‘ladi. Zanjirda induktivlik mavjudligi tufayli vujudga keladigan qarshilik induktiv qarshilik (RL,) deb atalib, u tokning chastotasiga va induktivlikka proporsional bo‘ladi:
bu yerda ω — o‘zgaruvchan tokning doiraviy chastotasi. Bu induktiv qarshilikni ham Ω larda ifodalanishini ko‘rsatishimiz mumkin, ya’ni Endi kondensator ulangan o‘zgaruvchan tok zanjirini ko‘raylik. O‘zgarmas tok manbayiga kondensatorli zanjirni ulaganimizda undan tok o‘tmaydi. Chunki kondensator qoplamalari bir-biridan dielektrik bilan ajratilganligidan qarshiligi cheksiz katta bo‘ladi. Endi shu zanjirning o‘zini o‘zgaruvchan tok manbayiga ulasak, zanjirda mavjud bo‘lgan elektr lampochka yonadi(2-rasm) Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Kondensator o‘zgaruvchan tok manbayiga ulanganda uning qoplamalari navbat bilan zaryadlanib va razryadlanib turadi. Shu tufayli kondensator va o‘zgaruvchan tok manbayi bo‘lgan zanjirda hamma vaqt kondensatorning zaryadlanishi va razryadlanishi tokning dam bir, dam ikkinchi yo‘nalishda o‘tib turishini ta’minlaydi. Shuning uchun o‘zgaruvchan tokni „kondensator orqali o‘tadi“ deyish mumkinki, bunda, albatta, tokning kondensatordan o‘tishi emas, zanjir simlarida tokning bo‘lishi nazarda tutiladi. Agar kondensatorni zanjirdan ajratib qo‘ysak, lampochka ravshanroq yonadi. Demak, o‘zgaruvchan tok zanjirida kondensator bo‘lishi zanjirning qarshiligini oshiradi. 2. Sig’im qarshiligi nima? Zanjirda sig‘im mavjudligi tufayli vujudga keladigan qarshilik s i g ‘ i m q a r s h i l i k Download 102.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling