(RC ) deb ataladi. Sig‘im qarshilikning kattaligi zanjirning sig‘imiga va tokning o‘zgarish chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Buni shunday tushuntirish mumkin. Kondensator qoplamalaridagi zaryad sig‘imga proporsional bo‘lganidan, kondensatorning sig‘imi qancha katta bo‘lsa, zanjir bo‘ylab shuncha ko‘p zaryad ko‘chadi. Chastota qancha katta bo‘lsa, kondensator shuncha tez zaryadlanadi va razryadlanadi, demak, zanjir bo‘ylab vaqt birligi davomida, shuncha ko‘p zaryad o‘tadi. Shuning uchun ω va C qancha katta bo‘lsa, shuncha katta tok o‘tadi va sig‘im qarshilik shuncha kichik bo‘ladi. Ushbu xulosalarga asoslanib, sig‘im qarshilikni quyidagicha ifodalash mumkin:
Sig‘im qarshilikning ham Ω larda ifodalanishini keltirib chiqarishimiz mumkin:
O‘zgaruvchan tok zanjirida induktivlik yoki sig‘imning bo‘lishi tok va kuchlanish fazalarining bir-biriga nisbatan siljishiga sabab bo‘ladi. Induktiv qarshilikli zanjirda o‘zinduksiya EYK hosil bo‘lishi tufayli tok faza jihatdan berilgan kuchlanishdan vaqt bo‘yicha chorak davrga yoki faza bo‘yicha 90° ga orqada qoladi, sig‘im qarshilik bo‘lganda esa tok faza jihatdan kuchlanishdan shuncha oldinga ketadi
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |