Variaysiya koeffitsienti: nisbiy o'zgaruvchanlik o'lchovi - Variaysiya koeffitsiyenti (V) =
- Tanlama to’plam uchun variatsiya koeffitsiyeni V=
- Bosh to’plam uchun variatsiya koeffitsiyeni V=
- E'tibor bering, standart og'ish kasrning suratida joylasggan. Shunday qilib, bo'linish natijasi o'zgaruvchanlikni tavsiflaydi.
- Masalan, agar o'rtacha mijoz supermarketda 35 260 so’m sarf qilsa va standart og'ish 14 080 so’m bo'lsa, u holda variatsiya koeffitsienti V = = 0,399 yoki 39,9% ni tashkil qiladi. Bu shuni anglatadiki, odatda supermarketga tashrif buyurgan mijozning o'rtacha sarf miqdori 39,9% ga farq qiladi. Mutlaq ma'noda o'rtacha narxdan bu tipik farq 14 080 (standart og'ish) so’mni, yani o'rtachaning 39,9% ni (o'zgarish koeffitsienti) tashkil etadi.
XULOSA: - O’zgaruvchanlik (variatsiya, xilma-xillik, noaniqlik, tarqoqlik, tarqalish va variatsiya deb ham yuritiladi) - bu ma'lumotlar to'plamining individual qiymatlari bir-biridan qanday farq qilishining o'lchovidir. Markazni tavsiflovchi qiymatlar (o'rtacha, moda, mediana kabi) ma'lumotlar to'plamidagi qiymatlarning tipik kattaligini bildirsa, o'zgaruvchanlik ma'lumotlar to'plamining individual qiymatlari odatda ushbu markazga qanchalik yaqin joylashganligini ko'rsatadi. Agar barcha ma'lumotlar qiymatlari bir xil bo'lsa, o'zgaruvchanlik nolga teng bo’ladi. Qiymatlar tarqalishi qanchalik katta bo'lsa, o'zgaruvchanlik shunchalik katta bo'ladi
- Dispersiya - standart og'ishning kvadratidir. Ushbu qiymat standart og'ish bilan bir xil ma'lumotga ega. Shu bilan birga, dispersiyani talqin qilish dispersiya o'lchov birliklari empirik ma'lumotlar birliklarining kvadrati ekanligi bilan murakkablashadi (masalan, so’m kvadrat, bir litr uchun kvadrat, kilometr yoki kilogramm kvadrati). Shu sababli standart og'ish ko'pincha o'zgaruvchanlikning xarakteristikasi sifatida ishlatiladi.
- Tebranish (variatsiya) qulochi ma'lumotlar to'plamining maksimal va minimal qiymatlari orasidagi farqga teng. Ushbu qiymat ma'lumotlar to'plamining hajmini yoki kengligini tavsiflaydi. Tebranish qulochi ma'lumotni tavsiflash uchun ham, ma'lumotdagi muammolarni topish uchun ham ishlatiladi (xususan, qiymatlarni yozishda xatolarni topish uchun).
- Variatsiya koeffitsienti o'rtacha og'ishni o'rtacha qiymatga bo'lish orqali aniqlanadi va ma'lumotlarning nisbiy o'zgaruvchanligini tavsiflaydi, koeffitsiyentlarda yoki foizlarda ifodalanadi. Variatsiya koeffitsienti o'lchovsiz miqdor. Turli xil birliklarda keltirilgan ma'lumotlar to'plamlarining o'zgaruvchanligini taqqoslashda foydali bo'lishi mumkin.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |