O’zi yozar suv o’lchash qurilmasi lentasini qayta ishlash


Download 1.13 Mb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1438461
1   2   3   4
Bog'liq
O’zi yozar suv o’lchash qurilmasi lentasini qayta ishla

II razryadli postlarda

esa faqat suvning loyqaligidan namuna olinmaydi.

Suv sathi o’zi yozib boruvchi suv o’lchash postlarida kuniga 1 marta (ertalab soat 8 da), oddiy suv o’lchash postlarida esa 2 marta, ya’ni ertalab soat 8 da va kechqurun 20 da kuzatiladi. Bu kuzatishlar daryoning suv rejimiga qarab ko’paytirilishi ham mumkin.

Suvning haroratini kuzatish muddatlari


Suvning harorati kuniga 2 marta (8,20) kuzatiladi, ya’ni suv sathiga mos ravishda olib boriladi. Suvning haroratini o’lchash uchun suv o’lchash posti qurilgan joyda alohida o’rin ajratiladi. U qirg’oqdan 1,5 m ichkarida va suv yuzasidan 30 sm chuqurlikda o’rnatiladi.
Daryo kengligi 10 m va undan kichik bo’lsa, suvning harorati daryoning o’rtasida o’lchanadi.
Suv o’lchash postlari vaqtinchalik bo’lgan daryolarda suvning harorati o’lchanmaydi.
Kuzatish daftarchasi bir oyga mo’ljallangan bo’ladi. Daftarchaga kuzatuvchi suv sathini, havo haroratini, muzlash hodisalarini qayd etib boradi. Bunda kuzatishlar "0" grafik tekisligiga keltiriladi. Daftarchada suv sathining o’rtacha kunlik qiymatlari chiqariladi. Oy tamom bo’lgandan so’ng kuzatuvchi kuzatish daftarchasini gidrologik stansiyaga ikki nusxada olib kelib topshiradi.

Suv sathini kuzatish ma’lumotlarini maxsus qayta ishlash


Ma’lumki, suv sathi vaqt davomida keskin o’zgarib turadi. Uni bilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Ushbu mavzu suv sathini maxsus qayta ishlash usullarini bayon etishga, xarakterli suv sathlari va moslashgan suv sathlarini aniqlashga, ular orasidagi bog’lanishlarni grafikda ifodalash usullarini yoritishga hamda ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini ko’rsatib berishga bag’ishlanadi.

Odatda O’zgidromet ko’rsatmasiga asosan gidrologik stansiyalarga qo’shimcha vazifa topshiriladi. Bu suv sathini maxsus qayta ishlab chiqish vazifasidir. Bu vazifani bajarishda qo’yidagi ishlar amalga oshiriladi:


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling