O’zi yozar suv o’lchash qurilmasi lentasini qayta ishlash


) suv sathining yillik o’zgarishi grafigini chizish


Download 1.13 Mb.
bet3/4
Sana07.05.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1438461
1   2   3   4
Bog'liq
O’zi yozar suv o’lchash qurilmasi lentasini qayta ishla

1) suv sathining yillik o’zgarishi grafigini chizish;

2) grafikda xarakterli suv sathlarini belgilash;

3) suv sathining takrorlanish va ta’minlanish grafigini chizish;

4) moslashgan suv sathlarini aniqlash;

5) moslashgan suv sathlari orasidagi bog’lanish grafigini chizish.


Yuqorida qayd etilgan ishlarni bajarishda suv o’lchash postlarida amalga oshirilgan kuzatishlar natijalari asosida tuzilgan kundalik suv sathlarining yillik jadvalining ko’p yillik ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda asosiy e’tibor xarakterli suv sathlarini aniqlashga qaratiladi.

Suv sathining takrorlanish va ta’minlanish grafigi. Suv sathining takrorlanish va ta’minlanish grafigi amaliy maqsadlarni ko’zlab chiziladi. Undan o’rganilayotgan daryo suvidan xalq xo’jaligining ko’pgina ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladi. Masalan, kanallarga chiqariladigan suvning me’yorini va vaqtini belgilashda, kema qatnovini va yog’och oqizish ishlarini tashkil etishda va hokazo.

Moslashgan suv sathlari. Agar bir daryoda bir nechta suv o‘lchash posti bo’lsa, ularda qayd etilgan suv sathlarining tebranishi bir-biriga o’xshash va moslashgan bo’ladi. Bunday holatni bir xil tabiiy geografik sharoitda, o’zaro yaqin masofada joylashgan daryolardagi postlarda qayd etilgan suv sathlarining o’zgarishida ham ko’rish mumkin.


Mana shu o’xshashlik va moslikni o’rganish maqsadida tegishli postlardagi kuzatishlar natijalari asosida suv sathlarining yil ichida tebranish grafiklari birgalikda chiziladi. Grafiklar maxsus tahlil qilinib, ulardagi moslashgan suv sathlari belgilab olinadi.
Moslashgan suv sathlari deb, suv rejimining o’zgarishi bir xil fazalarda kuzatiluvchi suv sathlariga aytiladi.

Chuqurliklarni o‘lchash Chuqurliklarni o‘lchashda bajariladigan ishlar tarkibi


Daryo va boshqa suv obyektlarining chuqurligini bilmasdan turib, biron bir gidrotexnik inshootni loyihalash va qurish ishlarini amalga oshirib bo’lmaydi. Ushbu mavzuda chuqurliklarni o’lchash, unda bajariladigan ishlar tarkibi, chuqurlik o’chash ishlarining maqsadi, vazifalari va xalq xo’jaligidagi ahamiyati yoritiladi.
Chuqurlik o’lchash ishlarini bajarishdan kutilgan asosiy maqsad daryo, ko’l, suv omborlari va boshqa suv obyektlarining suv osti relyefi xarakterini aniqlashdir. Shu maqsadda bajariladigan chuqurlik o’lchash ishlari suv obyektlarida suvning miqdori kam bo’lgan davrda olib boriladi. Chunki bunda o’zanning ko’p qismini oddiy ko’z bilan ko’rishimiz mumkin.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling