O’zi yozar suv o’lchash qurilmasi lentasini qayta ishlash


Download 1.13 Mb.
bet1/4
Sana07.05.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1438461
  1   2   3   4
Bog'liq
O’zi yozar suv o’lchash qurilmasi lentasini qayta ishla

O’zi yozar suv o’lchash qurilmasi lentasini qayta ishlash


Reja:

O’zi yozar suv o’lchash postlarida o’zi yozar qurilmadan tashqari reykali yoki qoziqli suv o’lchash posti ham bo’lishi lozim. Oddiy suv o’lchash posti o’zi yozar qurilma o’rnatilgan quduqning devoriga yopishtirilgan reyka holida bo’lishi mumkin. Ba’zan esa shu postning yonida reykali yoki qoziqli qurilma ko’rinishida bo’ladi.


Kuzatuvchi kuzatish olib borish uchun postga kelganda birinchi navbatda reykadan hisob oladi. Uni "0" grafik tekisligiga keltirib, o’zi yozar qurilma lentasiga belgi qo’yadi va lentani barabandan oladi. Keyin belgi yoniga vaqtni yozib qo‘yadi.
Reykali suv o’lchash postini o’rnatishdan asosiy maqsad o’zi yozar qurilma lentasiga yozilgan suv sathlari balandliklarini "0" grafik tekisligiga keltirishdir.

Suv o’lchash postlarida bajariladigan ishlarning ko’lami shu post oldiga qo’yilgan vazifalarga bog’liq bo’ladi. Bajariladigan ish hajmi suv o’lchash postining razryadiga ham bog’liq.


Suv o’lchash postlarining hammasida bajariladigan ishlarning asosiy tarkibi qo’yidagicha:
a) suv sathi balandligini o’lchash;
b) suvning haroratini o’lchash;
v) muz qoplamining qalinligini o’lchash;
g)muz qoplami ustidagi qorning qalinligini o‘lchash.
Agar meteorologik stansiya uzoq masofada joylashgan bo’lsa
(50 kmdan uzoqda), suv o’lchash postlarida, yuqoridagilardan tashqari, birinchi razryadli meteorologik postda turi bo’yicha ham kuzatishlar olib boriladi.

I razryadli suv o‘lchash postida suv sathi, suvning loyqaligidan namuna olish, ko’l yoki suv omborlarida to’lqin elementlarini o’lchab borish, yog’in miqdorini o’lchash, qorning qalinligini va zichligini aniqlab borish, tuproqning muzlash holatini kuzatish ishlari bajariladi.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling