O‘zingiz bilan inliz tilida gaplashing


Download 189.08 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2023
Hajmi189.08 Kb.
#1646603
1   2   3
Bog'liq
инглис тили нуйренимиз

4. Kundalik tuting
Kundalik yuritish chet tilini o‘zlashtirishning samarali usulidir. Chiroyli bloknot sotib oling va har kuni o‘z orzularingiz, o‘ylar, vazifalaringiz haqida ingliz tilida yozib boring. Xoh u 5ta oddiy gapdan iborat bo‘lsin, xoh unda grammatik xatolar bo‘lsin, siz shu holatda o‘sish sur'atingizni oshirasiz. Adashishdan qo‘rqmang, kundalikka sizni kamchiliklaringiz bilan ham tushunuvchi do‘st sifatida qarab, fikrlaringiz oqimini to‘xtovsiz ifoda etishga harakat qiling. Sizning maqsadingiz ingliz tilida yozishni o‘rganish.
5. Ingliz tilidagi audio-kitob tinglang
Audikitoblar mutolaani yoqtirmaydigan kitobsevarlarning (ha, shundaylar ham uchrab turadi) sevimli do‘sti. Chet tilini o‘rganishda ularning yordamini e'tirof etmay iloj yo‘q. Audiokitob chet tilini tinglab tushunishga, notanish so‘zlar ma'nosini anglashga va nutqni shakllantirishga katta yordam beradi.
O‘z bilim darajangizdan kelib chiqib audiokitob tanlang. Boshlovchilar uchun Geklberri Finn yoki Oliver Tvist mos keladi. O‘rta darajada bilimga ega izlanuvchilar Frensis Eliza Byornettning «Sirli bog‘» (The Secret Garden) yoki Jyerome K. Jyeromening «Qayiqdagi uch kishi» (Three Men in a Boat) kabi asarlarni tinglashlari mumkin.
Hozirgi kunda audiokitoblarni bepul tinglash va ko‘chirib olish imkoniyatini beruvchi ko‘plab saytlar mavjud:

  • Loyal Books;

  • LibriVox;

  • Scribl;

  • Free Classic Audio Books.

6. O‘yinlar orqali til o‘rganing
Hattoki kichik tanaffus yoki hordiq vaqtida ingliz tilini o‘rganishda davom etish mumkin. Wikium yoki Learnenglishkids kichik o‘yinlar orqali xotirangizni o‘stirishingiz, tezkor javob qaytarish va e'tiboringizni yaxshilash imkoniga egasiz. Saytning ingliz tilidagi talqinini tanlang va vazifalarni bajaring. Jumboqlarni yechish sizdan ingliz tilidagi so‘z va atamalarni tez vaqt ichida yod olishni talab etadi, buning evaziga xohlagan sevimli kompyuter o‘yiningizni ingliz tilida o‘ynash imkoni beriladi. Bu usul bir vaqtning o‘zida ham dam olish, ham bilim egallashga ko‘maklashadi.

Download 189.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling