7. Ingliz tilidagi serial va filmlarni subtitrlari bilan tomosha qiling
Til o‘rganishning yana bir samarali yo‘li ingliz tilidagi seriallarni kadr ostidagi yozuvlari bilan birgalikda tomosha qilishdir. Bu chet tilini eshitib tushunishga, yangi so‘zlarning yozilishini va to‘g‘ri talaffuzini egallashga xizmat qiladi.
Ularni ham o‘z bilim darajangizga qarab tanlab olishingiz mumkin. Internet tarmog‘ida ingliz tilidagi film va seriallarga mo‘ljallangan saytlar keragidan ortiq. Biz boshlanishiga quyidagilarni tavsiya etamiz:
Ororo;
Show-English;
Lingualeo.
8. Sevimli qo‘shiqchingiz bilan birgalikda kuylang
Qo‘shiqlar — til o‘rganishning ajoyib vositasi. Sevimli qo‘shiqchi yoki guruh bilan birgalikda kuylab so‘z yodlash, mazmunni tushunish va talaffuzni o‘stirish mumkin.
Ushbu saytlarda juda ko‘p qo‘shiqlar matnlarini uchratishingiz mumkin:
Online Teachers UK;
Lyrsense;
Native English.
Shuningdek, Shazam dasturidan ham foydala olasiz. U nafaqat qo‘shiqlarni izlab beradi, balki sizga so‘zlarni taqdim etib, ijrochi bilan kuylash imkoniyatini yaratadi.
Xulosa
Til o‘rganishning asosi tizimlilikdan iborat. Odatlaringizni biz o‘rgatganday o‘zgartiring va tez orada uning samarasini payqaysiz. So‘z boyligingiz, tallaffuz qobiliyatingiz va tinglab tushunishga oid bilimlaringiz oshishi kafolatlangan. Qolaversa, bu tavsiyalar katta vaqt va kuch talab etmaydi.
Teglar
Ozishning beshta oltin qoidasi
Agar haqiqatan ham vazn tashlashni istasangiz, quyidagi beshta oddiy qoidani yodda saqlashingiz va ularga muntazam ravishda amal qilishingiz kerak
Kollagen: U inson terisiga nima uchun zarur?
Kollagenni ichish, teriga surtish va inʼeksiyalar ko‘rinishida yuborish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |