Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/54
Sana19.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1607314
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
Fayzulla diplom tayyori

 Varoq 
Xujjat 
Imzo 
Sana 
G‘alvir to‘rtta dyurallyuminiydan yasalgan yarim yoy va ularni bir-biriga 
bog‘lab turgan yasen plankalardan tashkil topgan karkasga po‘lat bostirmalar 
yordamida mahkamlanadi. 
G‘alvirli yarimsilindr mashina korpusiga 10 ta prujina osti qisqichlari bilan 
qotiriladi.Aylanma harakat elektrodvigateldan rotorga ponasimon tasmali uzatma 
orqali beriladi. Elektrodvigatel (11) tayanch oyoqlariga sharnir usulida 
mahkamlangan motor osti ramasi ustiga o‘rnatilgan. Tasmalar boltni aylantirish 
usuli bilan tortiladi. 
Chiqarish moslamasi qoldiq fraksiyalar (kepak) uchun qisqa quvur (2) va 
elanma fraksiyalari (endosperm zarralari) uchun konus (14) shaklida yasalgan. 
Tayanch tagligi (1) unga mashina korpusi (3) va yuritmani o‘rnatish uchun 
mo‘ljallangan. 
Normal texnologik jarayonni ta’minlash yoki mashinani changsizlantirish 
maqsadida aspiratsiyaning ikkita varianti - yuqoridan yoki pastdan havoni tortish 
imkoniyatlari mo‘ljallangan. 
A1-BVG mashinasida texnologik jarayon quyidagicha kechadi. Mahsulot qabul 
qisqa quvuri (8) orqali dastlab qabul kamerasi (7)ga va so‘ngra ishchi zonasiga 
tushadi. Bu erda aylanayotgan qamchilar mahsulotni g‘alvirli silindrning yuzasiga 
uloqtirib tashlaydi. Endosperm zarralari kepakdan ajralib g‘alvirda elanadi va konus 
(14) orqali mashinadan chiqariladi. Uchlari qayrilgan haydagichlar va val o‘qiga 
ma’lum qiyalik bilan qotirilgan qamchilarning aylanma harakati natijasida qoldiq 
fraksiya (kepak) o‘q yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib chiqarish qisqa quvuri orqali 
mashinadan chiqariladi. 
Mashina ishini sozlash va to‘g‘irilash. Mashina mahsulotsiz salt ishlab turgan 
paytida aylanish chastotasi (450 ayl/min) va qamchili rotorning aylanish yo‘nalishi 
(elektrodvigatel tomondan soat strelkasiga qarshi bo‘lishi kerak); podshipniklarning 
qizish harorati (60° C dan oshmasligi kerak); ponasimon tasmali uzatma tarangligi; 
boltli birlashmalarning tortilganligi; podshipnik korpuslarida moyning mavjudligi 
va uningsifati; g‘alvirning mahkamlanganligi; g‘alvirli rotorning ko‘l kuchidan tekis 


48 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling