O’zg.
Varoq
Varoq
Xujjat
Imzo
Sana
Qabul-ta’minlash moslamasi ikki flanetsli shaffof ko‘rish oynagi shaklidagi
qabul qisqa quvuri (8) va qabul kamerasi (7)dan tashkil topgan.
8-rasm. A1-BVG qobiq sidirish mashinasi.
1 - tayanch tagligi; 2 - kepakni chiqarish uchun qisqa quvur; 3 - korpus; 4 - val;
5 -rozetka; 6 - qamchilar; 7 - qabul kamerasi; 8 - qabul qisqa quvuri; 9 - klapanlar
juftligi;
10 - aspiratsiya teshiklari; 11 - elektrodvigatel; 12 - eshikcha; 13 - g‘alvirli
yarimsilindr; 14 - elanma fraksiya chiqarish uchun konus.
Qabul kamerasining ichiga mahsulotni butun ishchi zonasi bo‘ylab taqsimlash
uchun mo‘ljallangan klapanlar juftligi (9) o‘rnatilgan. Klapanlarning holati qabul
kamerasining old devorida tasvirlangan shkalada ko‘rsatiladi.
Qamchili rotor gorizontal val (4)ga kiydirilgan to‘rtta rozetka (5)dan tashkil
topgan. Val mashinaning yon qismlariga o‘rnatilgan tayanch podshipniklarida
aylanadi. Rozetkalarga boltlar yordamida to‘rtta bo‘ylama qamchilar (6)
mahkamlangan. Qamchilarning uzunligi 1000 mm, eni esa 70 mm ga teng.
Qamchilar val o‘qiga nisbatan 14° burchak ostida buralgan bo‘lib, haydagichlarning
hujum burchagi esa 6° ni tashkil qiladi. Qamchili rotor g‘alvirli yarimsilindr bilan
cheklangan silindrik zonaga o‘rnatilgan.
G‘alvirli silindr aylana teshikli 0,8 mm qalinlikka ega bo‘lgan zanglamaydigan
po‘lat tunukadan yasalgan. Yarimsilindrning yuqorigi qismi teshiksiz yaxlit g‘ilof
bilan qo‘shilib ketgan. Ishlov beriladigan mahsulotning yirikligiga bog‘liq holda
teshik diametrlari 0,75; 1,0; 1,25 mm lik uch xil g‘alvir ishlatiladi.
47
O’zg.
Varoq
Do'stlaringiz bilan baham: |