Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Fayzulla diplom tayyori
O’zg.
Varoq Varoq Xujjat Imzo Sana -yormani to’g’ri qadoqlash va ta’mga qo‘yishni tekshirish; -yorma sifatini saqlashda, yuklash va jo’natishda nazorat qilish; -omborxona va ishlab chiqarish binosida zachistka ishlarini olib borish va barcha non maxsulotlari sifati bo’yicha hisob-kitob tuzish: Texno-kimyoviy nazorat bo‘limining xodimlari donni qayta ishlashda ishlab chiqarilgan yangi usullarida va joriy qilishda ishtirok qilishlari shartdir, masalan, gidroseparatlash, gidrotermik ishlov berish va h.k. ular ishni takomillashgan usullar va asboblar bilan olib borishlari kerak. Texnologik jarayonlarga avtomatik boshqarish tizimini va regulirovkasini yo‘lga qo’yishda yordam berishlari lozimdir. Texno-kimyoviy nazorat bo‘limining barcha xodimlarining faoliyati: eng yaxshi don yadrosidan foydalanishga, mahsulot chiqishini ko‘tarish va yorma sifatini yaxshilash , yorma xom ashyosini qayta ishlashga tayyorlash jarayonlarini va qayta ishlash jarayonlarining takomillashtirishga yo’naltirilgan bo‘lishi lozimdir. Donni qabul qilish, joylashtirish va saqlashda kuzatib turish. Yorma zavodiga qabul qilinadigan, don standart yormani chiqishi va sifatini ta’minlashi kerak. Yorma zavod laboratoriyasi qabul qilingan dondan nuqtaviy umumlashgan va o‘rta namunalar tuzib, ularga tahlil qilishga tayyorlaydi Bunda yormabop donlarning quyidagi sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi: rangi, hidi, mazasi, zararlanganligi, namligi, iflosligi, tip tarkibi, yirikligi va tekislanganligi buzilgan don miqdori, po‘stloq miqdori, mag‘iz miqdori shuningdek mayda don miqdori. Yorma chiqishini yorma zavodida qayta ishlangan don sifatiga qarab hisoblanadi. Xisob uchun quyidagi kursatgichlardan foydalanailadi: sof yadro chiqishi, luzganing tarkibi, qiyin ajraluvchi aralashmalar, shikastlangan va oqlangan donlar va namlik. Bulardan tashqari, suli, tariq, makajuxori va no‘xat donlarida yorma chiqishida mayda donni xam hisobga olishadi; sholi donida- meva va urug‘ qobig‘i qizil donlar endospermi sariq donlar, endosperm singan va darz ketgan donlar; no‘xatda no‘xatning II tip aralashmalari va donida zararlangan no‘xat donlari bo‘lgani; qattiq bug‘doyda esa - yumshoq bug‘doy tipidagi don aralashmalari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling