«oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi «ixtisoslikka kirish»


Download 417.5 Kb.
bet4/23
Sana02.01.2022
Hajmi417.5 Kb.
#185117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ixtisoslikka kirish sillabus so'ngi

Fanning qisqa mazmuni (summary). Ushbu fanni o‘qitish mobaynida talaba respublikamizda turli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining tarixi, rivojlanish bosqichlari, kelajagi va istiqbolli rejalaridan kelib chiqqan holda, don va don mahsuotlari, non, makaron va qandolat mahsulotlari, yog‘-moy, go‘sht-sut va konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xom ashyolarni saqlash, omborlarga joylashtirish, ularni ishlab chiqarish texnologiyasini, sifat ko‘rsatkichlari, oziq-ovqat mahsuotlari ishlab chiqarish jarayonlariga oid bo‘lgan barcha texnologik ko‘rsatkichlar, un, yorma, omixta yem, non, makaron va qandolatchilik, yog‘-moy, go‘sht-sut va konserva mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining o‘ziga xos tomonlarini, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni bilib oladi, fan atamalari bilan tanishadi hamda ularni og‘zaki va yozma ifodalash, bahs-munozarada qatnashish, ma’lumotni izlab topish va taqdimot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Laboratoriya vositalari va jihozlaridan foydalangan holda xom ashyo va tayyor mahsulotlar tarkibidagi moddalarni aniqlash, ajratib olish va ularni asortimentidan kelib chiqib klassifikatsiyalash bo‘yicha amaliy tajribalar orttiradi. Amaliy va ko‘chma mashg‘ulotlarda oziq-ovqat sanoatining barcha yo‘nalishlarining ilg‘or zamonaviy texnika va texnologiyalari bilan jihozlangan korxonalari bilan tanishib, ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha boshlang‘ich amaliy tajribalar orttiradi.




Download 417.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling