Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi kafedrasi
Download 1.23 Mb.
|
aziza miyleva
Tishli uzatmalar
Tishning mavjud profillaridan eng ko’p kullaniladigan evolventaviy profil bo’lganligadan quyiagi muloxazalar, asosan, evolventa bo’yicha ilashuvchi tishli g’ildiraklarga ta’luklidir. Odatda, ilashishda bo’lgan bir juft g’ildirakdan kichigi shesternya, kattasi esa g’ildirak deb ataladi. Bordiyu ilashishdagi ikkala g’ildirak bir xil bo’lsa, u xolda etakchisi shesternya, etaklanuvchisi g’ildirak deyiladi. Ulardan texnikaning turli soxalarida foydalaniladi. Aniq asbobsozlikda diametri 1 mm dan kichik bo’lgan tishli g’ildiraklar ishlatilgan bir vaktda, ogir sanoatda diametri bir necha 10m ga etadiganlarini uchratish mumkin. Vallar uklarining bir - biriga nisbatan joylashuviga karab, tishli uzatmalar quyiagi turlarga bo’linadi: vallarni uklari uzaro parallel bo’lib, sirtki yoki ichki tomonidan ishlangan tsilindrik g’ildirakli uzatmalar; vallarning uklari uzaro kesishuvga konussimon g’ildirakli uzatmalar; valning uklari aykash bo’lgan vintaviy tsilindrik va gipoid deb ataluvchi konussimon g’ildirakli xamda chervyakli uzatmalar. Bundan tashqari, aylanma xarakatni ilgarilanma xarakatga aylantiruvchi mexanizm sifatida foydalaniladigan va tishli g’ildirak bilan tishli reykadan iborat uzatmalar xam ishlatiladi. Bunday uzatmalar tsilindrik g’ildirakli uzatmalarni xususiy xoli bo’lib, g’ildiraklardan birining diametri cheksizga teng. Tishlarning g’ildirak sirtida joylashuvga karab, tishli uzatmalar to’g’ri tishli, kiya tishli, aylanaviy tishli g’ildiraklar deb ataluvchi turlarga tish profilining shakliga kura esa evolpventa, aylanma yoyilmasi va tsikloida bo’yicha ishlaydigan turlarga bo’linadi. Bularning eng ko’p ishlatiladigani 1760 yilda Eyler tavsiya etgan evolpventa bo’yicha ilashuvchi profilli tishlardir. Tishli uzatmalarda boshqa tur uzatmalardagiga qaraganda quyiagi afzaliklar bor: a) sekundiga 150 m gacha tezlik bilan katta (bir necha ming kVt) quvvat uzata oladi va uzatish soni bir necha yuzga etadi; b) sirtki o’lchamlari nisbati kichik bo’ladi; v) tayanchlarga tushadigan kuch uncha katta bulmaydi; g) foydali ish koeffitsienti yuqori (0,97 - 0,98) ; d) uzatish soniga salbiy ta’sir etadigan sirpanish xodisasi bulmaydi; e) ishlashi ishochli, chidamliligi esa katta bo’ladi; j) xilma - xil materiallardan foydalanishga imkon beradi. Tishli uzatmalarning kamchiliklari jumlasiga: a) tayyorlanishning nisbatan murakkabligi; b) ishlayotgan vaktda, ayniksa, katta tezlik bilan ishlayotganda shovkin chiqarishi; v) zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari ko’proq sezilishi kiradi. Bu kamchiliklar tishli uzatmalarning afzalliklariga xech qanday putur etkazmaydi. Shuning uchun ular mashinasozlikda asosiy urinni egallaydi. 1. Yuritma etaklovchi valining talab etilgan quvvati, kVt, bu erda, N3 –konveyer barabani validagi quvvat: ηum- yuritmaning umumiy foydali ish koeffistienti bo’lib, yuritma ayrim qismlarining foydali ish koeffistienti (3-jadval) ko’paytmasiga teng.
2. Yuritmaning umumiy uzatish nisbati, ium = i1 . i2 = i1 . u 2 =2,8 . 3,15 = 8,82 i 1 = 2,8 – tishli uzatmaning uzatish soni. i2 = u 2 = 3,15– zanjirli uzatmaning uzatish nisbati; 3. Yuritma elektrodvigatelining talab etilgan aylanishlar chastotasini topamiz. n1 = n3 . ium 162,4 . 8,82 = 1432,3 min – 1 min – 1 . 4. Jadvaldan elektrodvigatelni tipini aniqlaymiz. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling