Oziq ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibi
Download 0.75 Mb.
|
Oziq ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibi
Oziq ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibiOziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibiga noorganik va organik moddalar kiradi. Noorganik moddalarga suv va mineral moddalar, organik moddalarga esa uglevodlar, yog'lar, oqsillar, fermentlar, vitaminlar, organik kislotalar, fenol birikmalari, rang, hid beruvchi moddalarni kiritish mumkin. Shuning uchun ham oziqovqat mahsulotlari bu moddalarning qanday holatda uchrashiga qarab, bir-biridan keskin farq qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida uchraydigan va inson hayotida eng zarur bo'lgan ba’zi bir kimyoviy moddalarni quyida to'laroq yoritamiz.
Suv. Suv tirik organizm hayot faoliyatining barcha jarayonlarida ishtirok etadi. Katta yoshdagi odamlar uchun bir kunda o'rtacha 1,8— 2,2 litr suv kerak bo'ladi. Inson o'z ehtiyoji uchun zarur bo'lgan suvning yarmini oziq-ovqat mahsulotlari hisobiga, qolgan qismini esa ichimlik suvi va boshqa suyuq ichimliklar hisobiga oladi. Suv m iqdori oziq-ovqat m ahsulotlarida turlichadir. Ba’zi mahsulotlar tarkibida suvning miqdori juda kam. Shakar va qandda uning miqdori 0,1 dan 0,4 %gacha, o'simlik va hayvon yog'larida 0,2 dan 1,0 %gacha, quritilgan sut va choyda esa 0,5 dan 7,0 % gacha quritilgan meva va sabzavotlar, g'alla-don o'simliklarida 12— 17% uchraydi.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling