Oziq ovqat mahsulotlarining tarkibidagi biologik faol moddalarning ahamiyati. Oziq ovqat mahsulotlarining tarkibidagi qo’shimchalar


KREKER VA PECHENYE ISHLAB CHIQARISH SANOATIDA PREPARATLAR


Download 55.5 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1134386
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OZIQ OVQAT MAHSULOTLARINING TARKIBIDAGI BIOLOGIK FAOL MODDALARNING AHAMIYATI. OZIQ OVQAT MAHSULOTLARINING TARKIBIDAGI QO’SHIMCHALAR

KREKER VA PECHENYE ISHLAB CHIQARISH SANOATIDA PREPARATLAR.
Turli xil ko’rinishdagi pechenye va krekerlar uchun kamroq miqdorda kleykovina saqlovchi undan foydalangan eng yaxshi variant hisoblanadi. Bunday undan tayyorlangan xamir mahsulotlari pishish davrida deformatsiyalanmaydi. Proteazalarning qo’shilishi natijasida esa kuchliroq undan foydalanish mumkin, tayyor mahsulotlar yuzasi silliq, g’ichirlashi yoqimli, va bir xil rangli bo’lib chiqadi. Bunday tekis qirrali, bir xil o’lchamli va massali mahsulotlar o’ramli mahsulot ishlab chiqarish uchun zaruriy shart hisoblanadi. Bunday proteazalar o’tkir zaharlilik xususiyatiga egaligi uchun allaqachon ko’pchilik mamlakatlarda foydalanish taqiqlab qo’yilgan natriy metabisulfat o’rnini olishlari mumkin. AB Enzymes kompaniyasi bunday preparatlarning butun bir guruhini ishlab chiqardi: kukunsimon Veron® P , Veron® HPP , Veron® S 50 , va suyuqlik ko’rinishidagi Veron® L10.
Shuningdek, ishlab chiqarishda yuqorida ta’kidlab o’tilgan Veron® W preparatidan ham foydalanishimiz mumkin. Gemisellulozaning qo’llanilishi, masalan ksilanaza Veron® 393 orqali kamroq qattiqlikka ega bo’lgan xamir olish mumkin va retseptdagi suvning miqdori ham kamayadi. Xamirturush usulida kreker ishlab chiqarishda qo’ziqorin amilazasi, masalan, Veron® 2000 yoki Veron® M4 dan foydalangan ma’qulroq, chunki bu preparatlar oshirilgan xamirning tezroq yetilishi va tayyor mahsulotlar sifatini yaxshilashda juda muhim. Ksilanaza va transglutaminaza preparatlari kompleksi- Veron® HF suli pechenyesi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu modda xamirni stabillashtirib turadi, tayyor mahsulotga yaxshi forma beradi, yuqoridagi fermentlarning kreker ishlab chiqarishda 100g unga nisbatan qo’llanilish dozasi: Veron® P - 100-500 g; Veron® L10 - 40-80 g; Veron® W - 60-200 g; Veron® HPP - 5-15 g; Veron® S 50 - 5-20g, Veron® 393 - 3-5 g, Veron® 2000 - 5-10 g, Veron® M4 - 0,2-1 g ,Veron® HF - 5-15g ni tashkil etadi. Preparatlar komponentlarni aralashtirish jarayonida solinadi.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling