Oziq ovqat mahsulotlarining tarkibidagi biologik faol moddalarning ahamiyati. Oziq ovqat mahsulotlarining tarkibidagi qo’shimchalar


FERMENTLARNING OZIQ-OVQAT SANOATIDA QO’LLANILISHI


Download 55.5 Kb.
bet2/6
Sana27.01.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1134386
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OZIQ OVQAT MAHSULOTLARINING TARKIBIDAGI BIOLOGIK FAOL MODDALARNING AHAMIYATI. OZIQ OVQAT MAHSULOTLARINING TARKIBIDAGI QO’SHIMCHALAR

FERMENTLARNING OZIQ-OVQAT SANOATIDA QO’LLANILISHI
Insoniyat ko’p yillardan buyon oziq ovqat mahsulotlarini olishda fermentlardan foydalanib kelgan. Bunday moddalar o’simlik va hayvon to’qimalarining ferment saqlovchi sharbatlari edi. Misol uchun, pishloq olish uchun tarkibida fitsin fermentini tutuvchi o’simlik sharbatidan yoki qushlar va hayvonlarning oshqozon to’qimasining renin fermentini saqlovchi sharbatidan foydalanganlar. Go’shtni tenderizatsiyalash( muskul to’qimasini yumshatish) uchun papayi fermentini tutuvchi papayi sharbatidan foydalanganlar.
18-asrga kelib ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentalr kashf etilgandan so’ng, fermentlarni o’rganish qizg’in davom etdi. Biologik moddalardan turli xil fermentlar olindi : xrendan peroksidaza, donlardan α- amilaza va boshqalar. 19-asrga kelib esa fermentlar birinchi marta sof holda ajratib olindi, va ularga “enzim” deb nom berish tavsiya etildi. Zamonaviy enzimologiya yutuqlari birinchi navbatda tibbiyotning va oziq- ovqat sanoatining turli sohalarida fermentlarning foydalanilish imkoniyatlarini kengaytirdi. 
Ferment preparatlari mahsulot chiqimining ortishiga, uning sifatini yaxshilanishiga, istalgan jarayonning mahsuldorligini oshishiga sabab bo’luvchi stimulyator (qo’zg’atuvchi, oshiruvchi modda) hisoblanadi.
Novvoychilikda lipoksigenaza fermentlarining qo’llanilishi tufayli non mahsulotlarining hajmi ortishi, shirinligi, g’ovakligi, uzoq muddat sifatining yo’qolmasligini oldini olishni ta’minlash mumkin. 
a-Amilaza va glukoamilazalar kraxmalning fermentativ parchalanishini ta’minlaydilar, bu jarayonda hosil bo’lgan glukoza hisobiga tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladigan glukozali mahsulotlar olish mumkin. Bu jarayonda glukozani turli moddalardan olish mumkin: kartoshka kraxmali, bug’doy va makkajo’hori donlari. Bunda kraxmalning yo’qotilish darajasi pasayadi, qayta ishlangan makkajo’horidan olinadigan oqsilning sifati ortadi.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling