Oziq-ovqat mahsulotlarining termoradiatsion va dielektrik tavsiflari Reja


Download 39.2 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi39.2 Kb.
#1478089
Bog'liq
Oziq ovqat mahsulotlarining termoradiatsion va dielektrik tavsiflari


Oziq-ovqat mahsulotlarining termoradiatsion va dielektrik tavsiflari
Reja:

  1. Oziq-ovqatlar

  2. Oziq-ovqatlarni ishlab chiqarish

Oziq-ovqat-bu xom va tegilmagan, o'zgartirilgan yoki yarim o'zgartirilgan shaklda turli jamiyatlarda iste'mol qilish uchun tayyorlangan taom . Ozuqa hayvon yoki o'simlik (yoki ba'zan mineral) bo'lishi mumkin va ozuqaviy ehtiyojlarni qondirish uchun iste'mol qilinadi.Ilgari oziq-ovqat yig'ish ov qilish yoki meva terish yo'li bilan amalga oshirilgan bo'lsa, bugungi kunda u asosan dehqonchilik, chorvachilik va baliq ovlash ko'nikmalaridan foydalangan holda aytiladi.Turli madaniyatlarda ovqatlanish odatlari har xil. Aksariyat jamoalar o'zlarining urf-odatlariga ko'ra ovqat tayyorlashning o'ziga xos odatlari va taomlarini afzal ko'rishadi. Ko'pgina madaniyatlar o'z oshxonalarini tayyorlash usullari, pishirish usullari va ovqat tayyorlash orqali o'zgartirilgan.Britaniya mashinasozlik muhandislari instituti (IME) ma'lumotlariga ko'ra, butun dunyo bo'ylab oziq-ovqatning yarmi isrof bo'ladi.


Ko'pgina oziq-ovqatlar o'simlik ( mevalar, sabzavotlar, dukkaklilar, don va urug'lar kabi) va hayvonlardan (masalan, go'shtsut va uning mahsulotlari, tuxum va asal ) tashkil etadi. Shu bilan birga, zamburug'lar va bakteriyalar kabi boshqa guruhlar ( sirka, yogurt, pishloq va boshqalar) ham oziq-ovqat tayyorlash uchun ishlatiladi. Organik materiallardan tashqari, tuz va suv kabi mineral materiallar ham ishlatiladi.


Ba'zi oziq-ovqatlarni hech qanday o'zgarishsiz xom holda iste'mol qilish mumkin bo'lsa-da, mazali yoki yeyish mumkin bo'lishi uchun o'zgartirilishi kerak bo'lgan ovqatlar ham mavjud.Ushbu o'zgarishlarning eng oddiylaridan biri bu yuvish, maydalash va aralashtirishdir . Ba'zi ovqatlar ham pishirilishi yoki sovutilishi kerak. Ularga lazzatlanish va bezash uchun o'zgartirishlar kiritilishi mumkin, ularning ba'zilari turli madaniyatlarning urf-odatlariga borib taqaladi.
Turli madaniyatlar va dinlarning ta'siri
Turli xil parhezlar dunyo bo'ylab sivilizatsiyalarning dini va madaniyatiga ta'sir qiladi. Ko'pgina madaniyatlar va dinlarda ma'lum oziq-ovqatlarni iste'mol qilish tavsiya etiladi. Masalan, islomda halol taomlarga ruxsat berilgan, jaynizm, sikxizm va xikizmda vegetarianlar dietasi .Ba'zi odamlar o'zlarining e'tiqodlari yoki sog'lig'iga qarab iste'mol qiladigan oziq-ovqatlarni ham cheklaydilar. Masalan, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va semizlik bilan og'rigan odamlarga yog'li ovqatlar, shakarli moddalar va saqichlardan voz kechish tavsiya etiladi.
Noto'g'ri ovqatlanish
Oziq-ovqat odatlari inson salomatligi va o'limida muhim rol o'ynaydi. Oziq-ovqatdan olingan energiya va uning o'rtasidagi nomutanosiblik noto'g'ri ovqatlanish yoki semirishni keltirib chiqaradi. Semirib ketish sabablaridan biri shakar va yog' miqdori yuqori bo'lgan mahsulotlarni ko'p iste'mol qilishdir. Semirib ketishdan kelib chiqadigan kasalliklarni diabet va yurak-qon tomir kasalliklarining har xil turlari bilan aytiladi.
Noto'g'ri ovqatlanishning sababi, shuningdek, dietada vitamin, mineral, oqsil va boshqalarning yetishmasligi bo'lishi mumkin. Noto'g'ri ovqatlanishning o'zi kvashiorkor, marazmus, iskorbit, ko'rlik va boshqalar kabi turli kasalliklarni keltirib chiqaradi1.
Keyingi yillarda jaxonda shu qatori O‘zbekistonda xam oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va uning sifati va xavfsizligiga katta axamiyat berilmoqda.Bu borada dunyodagi nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlarini labaratoriyalarida xamma oliy taʼlim tasarrufidagi kafedralarni professor-o‘qituvchilari tomonidan xar-xil yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha nazariy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Olingan ijobiy natijalar xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishga yo‘naltirilmoqda.Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan o‘simlik (qishloq xo‘jaligi yerlarida yetishtirilgan yoki tabiatda o‘sadigan o‘simliklar va xayvonot organizmlaridan tayyorlangan xom-ashyo va resurslari xamda kimyoviy sintez orqali olingan o‘simlik xayvonot xom-ashyolaridan va minerallardan olinadigan kimyoviy moddalarni analoglari ( o‘xshashliklari ) xisoblanadi.Bulardan tashqari oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan resurslarga suv xayvonlari , suv o‘tlari , mikroorganizmlar (achitqilar, mikroorganizmlar, fermentlar) foydalaniladi.
Oziq-ovqat maxsulotlari klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi va xalq xo‘jaligida maxsus talablar asosida ishlab chiqariladi.
1. Don, un, non, makaron maxsulotlari;
2. Meva va sabzavot maxsulotlari;
3. Qandolat maxsulotlari;
4. Maza beruvchi maxsulotlar;
5. Go‘sht va go‘sht maxsulotlari;
6. Baliq va baliq maxsulotlari;
7. Sut va sut maxsulotlari;
8. Oziq-ovqat yog‘lari;
9. Tuxum va tuxum maxsulotlari;
Bu maxsulotlarni tayyoorlashda qishloq xo‘jaliklarida yetishtirilgan xom-ashyo resurslariga, ularni tayyorlashga, saqlashga, jo‘natishga, qabul qilib olishga, kalibrlashga, joylashga, va boshqa talablarga qo‘yiladigan standart-normativ davlat tashkilotlari tomonidan reyestrga kiritilgan va tasdiqlangan xujjatlar bo‘yicha xom-ashyolarni sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik va sanitar-gigiyenik sertifikatlarni talablari bo‘yicha qabul qilinadi va ularni ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.Bu ishlarni bajarishda qishloq xo‘jalik universitetini va institutini tamomlagan shu soxaga ixtisoslashga oliy maʼlumotli agranom mutaxasislar maʼsul xisoblanadi.Keyingi bosqich oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish. Oziq-ovqat maxsulotlarini klasifikatsiya bo‘yicha ular asosan 9 guruxga bo‘lingan. Xar bir guruxga oid oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlash uchun shu soxani bitirgan injener mutaxasislar masʼul bo‘ladi. Soxa mutaxasislari shu yo‘nalishda bo‘ladigan texnologik ishlarni bajaruvchi asbob , uskuna va mexanizmlarni ishlash usullarini, texnik talablarini, sozlash, ulardan unumli foydalanish va tayyorlanadigan maxsulotlarni davlat tomonidan tasdiqlangan normativ-mexanik talablarga mosligini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarga masʼul xisoblanadilar. Ular ishlab chiqarilgan tovarlarni sifati va xavfsizliktalablari bo‘yicha, saqlash va tashish davridagi uni joylash, (upakovka) , saqlash (xroneniya) va isteʼmolchiga yetkazib berishdagi talablarga maʼsul bo‘ladilar.
Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ularni isteʼmolchilarga yo‘llashlari ishlab chiqarilgan maxsulotlarni assortiment guruxlari va navlari bo‘yicha davlat tomonidan reyestrga kirgazilgan va tasdiqlangan normativ-texnik standart talablarga mosligi bo‘yicha labaratoriyalarida fizik-kimyoviy va organolentik tekshiruvlarini o‘tkazib, ularni sertifikatlarini taqdim etish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlarida xar bir isteʼmolchi xarid qilinayotgan tovarlarni sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bilishlari lozimligi O‘zbekiston Respublikasini “Isteʼmolchilarni xuquqlarni ximoya qilish “ Qonunida takidlanganidek xar bir isteʼmolchi sifatli tovarlar va maxsulotlar bilan taʼminlanishi zarur. Xar qanday tovarlar guruxlari bo‘yicha standart talablari asosida markirovkalanadi (ishlab chiqarilgan vaqti va saqlash muddati ), shartli belgilar, shtrix kodlar, ishlab chiqarilgan tashkilotni rekvizitlari tashish usullari, shartalari va ishlab chiqarilgan tashkilot isteʼmolchilar oldidagi majburiyatlari (brak yoki sifatsiz maxsulotni xarid qilganlarga summasi qaytariladi yoki tovarni almashtiriladi va hokazolar).
yoshlar,sportchilar,keksalar,diyetikxar xil ovqatlar).Bu esa ovqatlanishni to‘g‘ri uyuushtirish va maqsadga yo‘naltirilgan taom uchun unga tanlab olingan tegishli va sifatli maxsulotlarni kiritish yo‘li bilan erishish mumkin.Ovqatning asosiy tarkibiy qismlari-oqsillar,yog‘lar,uglevodlar inson organizmiga kirishi bilan murakkab biokatalizatorlik reaksiyalari orqali oksidlanib issiqlik chiqaradi. Bu esa inson organizmida ro‘y beradigan barcha biokimyoviy protsesslar uchun issiqlik manbai bo‘ladi.Olimlarni o‘rganishi bo‘yicha 1g oqsil organizmda oksidlanib 4,1 kkal ,uglevod 3,9 kkal,yog‘ esa 9,3 kkalissiqlik beradi.Shu tartibda, oziq ovqatning ximiyaviy tarkibini bilgandan so‘ngorganizmda u qancha kaloriya issiqlik chiqarishini aniqlash mumkin.
Har xil ixtisoslikda mehnat qiladigan xodimlar uchun bulgilangan ovqatlarning to‘yishligi bir xil emas.Jismoniy mexnat bilan bog‘liq bo‘lmagan kishilar 2800-3000 kam kaloriya sarflaydi.Og‘ir mexnat bilan band bo‘lgan kishilarga esa 4500-5000 kaloriya talab qiladi. RF meditsina FA maʼlumotlariga ko‘ra katta yoshdagi kishilar organizmi uchun eng qulay ovqatlanish miqdori tarkibidagi oqsillarni bir kunlik kaleriyasi-14% , yog‘lar-30% va uglevodlar-56% tashkil etishi lozim.Agarda bir kundagi ovqatlanish kuchi 3000 kaloriya deb olinsa,unda oqsillarmiqdori 100 g ,yog‘lar 103 va uglevodlar 400 g bo‘lishi lozim.Agar bir kunlik ovqatlanish kaloriyasi 3500 kaleriyagacha oshirilsa u xolda oqsillar-120 g , yog‘lar-115 g va uglevodlar-480 g tashkil etadi.Bu ko‘rsatgichlar organizmni oqsillarga bo‘lgan extiyojini kishining yoshiga qarab o‘zgarib turadi.O‘sayotgan yosh organizm uchun ko‘proq oqsillar zarur bo‘ladi2.
BMT ma'lumotlariga ko'ra, jahonda yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining uchdan bir qismi tashish va saqlash vaqtida sifatini yo'qotib, yaroqsiz holga keladi. Bu dunyo aholisining o'ndan biri yetarlicha oziq-ovqat bilan ta'minlanmayotgan bugungi sharoitda katta yo'qotishdir.Xo'sh, mahsulotlarning foydali xususiyatlari va salomatlik uchun xavfsizligini kafolatlagan holda, ularni saqlash muddatini ikki, uch, hatto, o'n barobarga uzaytirish mumkinmi? Mutaxassislar bunga ha, albatta, deya javob bermoqda. Ko'plab davlatlarda, allaqachon, mahsulotlarni uzoq vaqt saqlashda kimyoviy yoki muzlatish usullaridan ancha samarali, xavfsiz va zamonaviy bo'lgan tinch atom texnologiyalaridan foydalanilyapti.Ya'ni, oziq-ovqat mahsulotlari ionlashtiruvchi nurlanish yordamida qayta ishlanib, ularning tarkibidagi tez chirishiga sabab bo'luvchi zararli zamburug' sporalari, bakteriya koloniyalari, parazit va hasharotlar 99 foizgacha yo'q qilinadi. Bu mahsulotlarning ta'mi va xushbo'yligini o'zgartirmagan holda saqlash muddatini bir necha bor oshirish imkonini beradi. Shu usulda qayta ishlangan tibbiyot uskunalaridan esa odamlar uchun xavfsiz bo'lgan radiatsiya bilan davolashda foydalanilyapti.
O'zbekiston kelasi yildan sanoat miqyosida iste'mol maxsulotlari va tibbiy vositalarni radiatsion texnologiyalar yordamida qayta ishlaydigan davlatlar qatoriga qo'shilish arafasida. Gap shundaki, mamlakatimizda ilk bor ko'p tarmoqli Nurlantirish markazi tashkil etilmoqda va u 2023-yilda ish boshlashi rejalashtirilgan. Loyiha O'zbekistonning “Gatter Group” kompaniyasi hamda Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilyapti. Markazni ishga tushirish, qolaversa, uning faoliyati, ilmiy tadqiqotlarida O'zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti asosiy rol o'ynaydi.
Tibbiy asbob-uskunalar va mahsulotlarni sterilizatsiya qilish maqsadida radiatsiya bilan nurlantirish usuli O'zbekiston uchun yangilik emas, — deydi O'zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti katta ilmiy xodimi Normamat Ismatov. — Bu borada 15 yildan ortiq vaqt davomida ilmiy-tadqiqot ishlari davom etib kelyapti. Hatto, pandemiya davrida bu kimyoviy usulga nisbatan dolzarb va ancha afzal ekaniga ham ishonch hosil qildik. Ammo mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashda radiatsion texnologiyalar hali qo'llanilmagan. Vaholanki, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishda yetakchi davlatlar qatorida turadigan O'zbekistonda ularni yuqoridagi zamonaviy usulda dezinfektsiya qilishni yo'lga qo'yish yaxshi natija beradi. Texnologiya yordamida oziq-ovqat eksporti hajmi sezilarli ravishda oshadi. Bu o'z-o'zidan, Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali sohada yillik o'sishni kamida 5 foizga yetkazish maqsadlariga xizmat qiladi.
Ushbu usulning yana bir afzalligi, “gazsizlantirish” jarayonining yo'qligidir. Bu mahsulotlarning qayta ishlashdan so'ng darhol foydalanishga tayyorligini anglatadi. Texnologiyaning barcha saqlash shartlariga amal qilingan xolatda, mahsulot eksport jarayoni boshidan to belgilangan manzilga yetkazilib, do'kon rastalariga qo'yilguniga qadar o'z yaroqliligini yo'qotmaydi. Mutaxassislar buni biror mahsulot misolida yanada aniqroq tushuntiradi: agar qayta ishlanmagan pomidor 0 dan 4 gradusgacha bo'lgan xaroratda ko'pi bilan 10 kungacha saqlansa, ularni ionli nurlantirgandan so'ng saqlash muddati 10 barobargacha uzayadi. SHu usulda qayta ishlangan qulupnayning saqlash muddati ikki baravar, qizil go'shtniki o'n, baliqniki esa uch baravarga ortadi va hokazo.Loyiha doirasida mazkur zamonaviy usul tibbiyot sohasiga ham jadal kirib boradi. Yadro fizikasi instituti ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda respublikada 150 dan ortiq korxona 2 mingga yaqin tibbiy buyumlar va dori vositalari ishlab chiqaradi. Mazkur farmatsevtika uskunalarining aksariyati yuqori sifatli va sanoat miqyosida sterilizatsiya qilishni talab etadi. Ko'p tarmoqli Nurlantirish markazi esa ana shu ehtiyojni qoplaydi.
BMTning dunyoda ocharchilikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va sifatini yaxshilash, qishloq xo'jaligini rivojlantirishga ko'maklashish kabi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda atom texnologiyalaridan foydalanish yordam berishi aytilmoqda. Ionlashtiruvchi nurlantirish orqali mahsulotlarni uzoq vaqtgacha saqlash va inson salomatligini tiklashda radiatsion nurlanishdan foydalanish samarali ekani yaxshi albatta. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor. Ya'ni, bizni o'ylantirayotgani, atom nurlarining inson salomatligiga ta'siri qanday bo'ladi? Bunday nurlarning zararli ta'siri borasidagi insonlarning fikri qanchalik o'rinli?Masalan, turli kasalliklarni radioaktiv nurlanish bilan davolash yadroviy tibbiyot deyilib, bu zamonaviy tibbiyotning eng innovatsion va rivojlanib borayotgan turi hisoblanadi. Ya'ni, olimlar radiatsiyadan insonlar manfaati uchun foydalanishni o'rgangan va bu barcha xavfsizlik qoidalari hamda protokollari asosida amalga oshiriluvchi zararli bo'lmagan usuldir. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari va tibbiyot buyumlarini ionlashtiruvchi nurlanish bilan qayta ishlashning afzalliklari va xavfsizligiga kelsak, bu BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamda Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik (MAGATe) tomonidan tasdiqlangan. Dunyo olimlari bu bo'yicha xalqaro loyiha doirasida 24 davlatning yetakchi ilmiy markazlarida o'tkazilgan 10 yillik keng ko'lamli tadqiqotlar natijalari asosida ijobiy xulosaga kelgan. Qolaversa, mahsulotlarni radiatsiyaviy qayta ishlash texnologiyasi inson organizmi va tabiat uchun zararsiz ekani jahonning yetakchi ekspert tashkilotlarining mustaqil tadqiqotlarida ham o'z isbotini topib kelyapti.Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda 220 dan ortiq Nurlantirish markazlari faoliyat yuritadi. Bugungi kunda 60 dan ziyod mamlakatda umumiy miqdori 800 000 tonnadan yuqori bo'lgan 90 turdagi oziq-ovqat maxsulotlari radiatsion nurlantirish usuli orqali qayta ishlanadi. Birgina qishloq xo'jaligi mahsulotlarini radiatsiyaviy qayta ishlash uchun 500 dan ortiq uskunalardan foydalanilmoqda.Ko'p tarmoqli Nurlantirish markazi ishga tushgach, mamlakatimizda yiliga 70 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot va 7 ming tonna tibbiy mahsulotlarni qayta ishlash mo'ljallangan. Bu markaz “Rosatom” kompaniyasining xorijdagi ushbu soha bo'yicha birinchi loyihasidir. Shunday markazlarning eng birinchisi Rossiyadagi Obninsk shahrida qurilgan bo'lsa, ikkinchisi 2016-yilda Litkarino shahrida bunyod etilgan.
Hozirgi kunda tomonlar imzolagan hamkorlik kelishuvi asosida kompleks uchun er maydoni tanlanib, texnologik uskunalar tayyorlanmoqda. Yadro fizikasi instituti olimlari radiatsiyaviy qayta ishlash uchun me'yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqyapti. Mahsulot va asboblarni sterilizatsiya qilish uchun radiatsiya dozasi va nurlanishdan himoya qilishning samarali qalinligini ta'minlash bo'yicha maxsus hisob-kitoblar olib borilmoqda. Oldinda yangi texnologiya bo'yicha standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, kadrlar tayyorlash bo'yicha keng ko'lamdagi ishlar turibdi.
Barcha jarayonlar yakuniga yetgach, yurtimizda ilk ko'p tarmoqli Nurlantirish markazi ish boshlaydi. Majmua oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning yangi usullari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda ham muhim markazga aylanishi kutilmoqda3.



1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Oziq-ovqat

2 https://ufia.uz/archives/564

3 https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-oziq-ovqat-radiatsion-nurlantirish-orqali-qayta-ishlanadi--?

Download 39.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling