Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi


Asosiy uskunaning tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 256.24 Kb.
bet2/8
Sana09.06.2023
Hajmi256.24 Kb.
#1472855
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kur ishi

Asosiy uskunaning tuzilishi va ishlash prinsipi
Pishirilgan massani qandlashtirish
Kraxmalni fermentativ gidroliz qilishdan asosiy maqsad sharbat olishdir. Pishirilgan kraxmal saqlovchi massa solod yoki mikroorganizmlar fermentlari yordamida qandlashtiriladi.
Qandlashtirish usullari
Pishirilgan massa uzluksiz yoki davriy usulda qandlashtiriladi.
Jarayonni qaysi usulda olib borishdan qat’iy nazar qandlashtirish jarayoni quyidagilardan iborat bo‘ladi:

1.Pishirilgan massani qandlashtirish haroratigacha, ya’ni amilolitik fermentlar uchun optimal haroratgacha sovutish.
2.Pishirilgan massani solod sharbati (yoki mikroorganizmlar ferment preparati) bilan aralashtirish.
3.Kraxmalni qandlashtirish.
4.Sharbatni bijg‘itishning boshlang‘ ich haroratigacha sovutish.
5.Sharbatni bijg‘itish yoki achitqi etishtirish bo‘limiga nasoslar yordamida uzatish.
Davriy usulda qandlashtirishda yuqorida yoritilgan bosqichlarning nasoslar yordamida uzatishdan tashqari hammasi bir uskunada amalga oshiriladi. Ushbu uskuna zator chani (yoki qandlashtirgich) deb ataladi. Davriy usulda qandlashtirishda esa jarayon ketma-ket o‘rnatilgan turli uskunalarda yoki bir uskunada amalga oshiriladi.
Bir bosqichli vakuum-sovutish yo‘li bilan qandlashtirish
Ushbu usulda qandlashtirishda pishgan massa bir bosqichli qandlashtirgichga tushguncha vakuum-bug‘latish kamerasida 62-63°C gacha sovutiladi. So‘ngra pishirilgan massa qandlashtirish uskunasida solod sharbati bilan aralashtiriladi. Natijada massa harorati 57-58°C gacha pasayadi.
Qandlashtirgichda issiqlik almashinish yuzasi va diffuzor mavjud emas. Propellerli aralashtirgich uskuna yon tomonidan o‘rnatilgan. Qandlashtirgich ustki qopqog‘ida uskunani atmosfera bilan tutashtirish maqsadida filtr o‘rnatilgan. Bir vaqtning o‘zida ushbu filtr sharbatga begona mikroorganizm tushishining oldini oladi.
2-rasmda usulning texnologik sxemasi keltirilgan. Pishgan massa bug‘ separatori 1 dan quvur 2 orqali bug‘latish kamerasi 3 ga kelib tushadi. Bug‘latish kamerasi 3 da 0,08 MPa siyraklanish hosil qilinib turiladi. Siyraklanish tufayli suv o‘z-o‘zidan bug‘lanadi va massa harorati shu zahotiyoq ushbu siyraklanishga mos keladigan haroratgacha pasayadi. Kameradagi siyraklanish ajralib chiqqan suv bug‘larini kondensator 4 da kondensatsiya qilish orqali hosil qilinadi. Vakuum hosil qilish uchun vakuum-nasos 6, barometrik quvur 5 o‘rnatilgan.
1-rasm. Uzluksiz qandlashtirishning bir bosqichli vakuum-qandlashtirish
usuli texnologik sxemasi:
1 - bug‘ separatori; 2 - quvur; 3 - bug‘latish kamerasi; 4 - barometrik kondensator; 5 - barometrik quvur; 6 - vakuum-nasos; 7 - klapan, 8 - nasos; 9 - qandlashtirgich; 10 - me’yorlagich; 11 - solod sharbati (yoki mikroorganizm ferment preparati) uchun sig‘im; 12, 13 - quvur; 14 - sath me’yorlagich; 15 - “quvur ichidagi quvur” turidagi issiqlik almashinish uskunasi; 16 - markazdan qochma nasos; 17 - barometrik, qovushqoqligini kamaytirish, bug‘ hosil bo‘lishini engillashtirish va kondensator 4 ga bug‘ bilan kraxmal o‘tib ketishining oldini olish uchun massaga quvur 13 yordamida 15-20 % miqdorda sharbat kiritiladi. Bug‘latish kamerasi 3 da hosil bo‘lgan bug‘ massadan ajraladi. Pishgan massa quvur 2 orqali qandlashtirgich 9 ga kelib tushadi. Qandlashtirgich 9 ga me’yorlagich 10 orqali sig‘im 11 dan solod sharbati (mikroorganizmlar ferment preparatlari eritmasi) yuboriladi. Qandlashtirgichda massa harorati pasayadi va 57-58°C qiymatda ushlab turiladi. Qandlashtirgichdagi massa sath me’yorlagich 14 orqali boshqariladi. Me’yorlagich 14 pishirilgan massani qandlashtirgichga tushirish va sharbatni quvur 2 ga so‘rib olish quvuri 13 da o‘rnatilgan klapanlar 7 ga ta’sir etadi. Qandlashtirilgan massa nasos 8 yordamida «quvur ichidagi quvur» rusumli issiqlik almashinish uskunasi 15 orqali bijg‘itish bo‘limiga yuboriladi. Achitqi etishtirish uchun mo‘ljallangan sharbat issiqlik almashinish uskunasida sovutilmaydi.
Barometrik suv yig‘gich 17 da to‘planadi. Suv markazdan qochma nasos 16 yordamida yana kondensator 4 ga yuboriladi.



Download 256.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling