Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi
Download 256.24 Kb.
|
kur ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Mavzu: Spirtni ishlab chiqarishda “fermentyor” apparatining loyihasi Bajardi: _______________ Rahbar: _______________
- KURS(ISHI) LOYIHASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOshkent KIMYO-texnologiYA institutI shahrisabz filiali “OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARI TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI” FAKULTETI “OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARI TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI SPIRT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI fanidan KURS ISHI Mavzu: Spirtni ishlab chiqarishda “fermentyor” apparatining loyihasi Bajardi: _______________ Rahbar: _______________ Kafedra mudiri: _______________ Shahrisabz – 2023 Mundarija Mundarija Topshiriq Kirish Asosisy uskunaning tuzilishi va ishlash prinsipi Texnologik sxemani izohi Mahsulotlar hisobi Mikrobiologik va texnologik nazorat Texnika xavfsizligi Foydalanilgan adabiyotlar Tasdiqlaman:____________________ ___________________kafedra mudiri. «_____»__________________20____й. KURS(ISHI) LOYIHASI Spirt ishlab chiqarish texnologiyasiа fani bo’yicha Guruh__ talaba_ Rahbar_____ TOPSHIRIQ 1.Ishlanadigan loyiha (mavzu))___________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ 2.Boshlang’ich ma’lumotlar _______________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 3.Qo’llanmalar 1. Ш.Ш. Саломов, Ҳ.Т. Ҳасанов. Спирт технологияси. Тошкент, 2008 йил. “Спирт ишлаб чиқариш технологияси” фанидан маъруза матни. ТКТИ. Тошкент – 2019 В.Л. Яровенко, В.А. Маринченко, В.А. Смирнов, П.М. Цыганков, В.Н. Швец, Н.И. Белов. Технология спирта – М.: Колос, «Колос-Пресс», 2002. – 464 с. Г.В. Полыгалина «Технохимической контроль спиртового и ликёро-водочного производство. М Колос 1999г. 4. Chizma qismining tuzulishi____________________________________________________________ 1. _Asosiy uskunani tuzilishi_____________________________________________________________ 2. ________________________________________________________________________________ 5. Yozma qismining tuzulishi___________________________________________________________ 1.Mundarija 2.Topshiriq 3.Kirish 4. Asosisy uskunaning tuzilishi va ishlash prinsipi 5. Texnologik smemani izohi 6. Mahsulotlar hisobi 7. Mikrobiologik va texnologik nazorat 8. Texnika xavfsizligi 9.Foydalanilgan adabiyotlar 6. Qo’shimcha vzaifa va ko’rsatmalar_______________________________________________________ 7. Kurs(ishi) loyihasini bajarish rejasi
Rahbar__________________________ (imzo) Kirish Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar axolini sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish va bu sohadagi ta’minotni tubdan yaxshilab, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini jahon andozalariga tenglashtirish eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Etil spirtiga talab juda katta bo‘lib, u oziq-ovqat sanoatida turli alkogolli ichimliklar (aroq, konyak, likyor mahsulotlari, vinoni quvvatini oshirishda) ishlab chiqarishda, tibbiyot sanoatida (turli dori-darmon preparatlarini tayyorlashda, antiseptik va dezinfeksiyalovchi sifatida), kosmetika sanoatida (ekstraktlar, krem va turli malhamlar, balzamlar va hokazolarni tayyorlashda), kimyo sanoatida (erituvchi, kimyoviy modda, kauchuk sintez qilishda, sirka kislotasi olishda) ishlatiladi. Spirt ishlab chiqarish sanoati qishloq xo‘jaligidan o‘simlik xom-ashyosini olib, ulardan kam qiymatga ega bo‘lgan uglevodlarni spirtga aylantiradi va ajratib oladi. Spirt ishlab chiqarish sanoati ozuqa sifatida buzilgan va yaroqsiz donli mahsulotlaridan sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi yagona sanoat hisoblanadi. Etil spirti - xalq xo‘jaligini turli sohalarida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Uning asosiy iste’molchisi oziq-ovqat sanoati hisoblanadi. Etil spirti asosan spirtli ichimliklar tayyorlashda, sharoblarni quvvatlantirishda, sirka kislotasi tayyorlashda va boshqa maqsadlar uchun keng qo‘llaniladi. Meditsina sanoatida, vitamin ishlab chiqarishda va dori-darmon tayyorlashda, dizenfeksiya qilish maqsadida ishlatiladi. Etil spirti shuningdek ximiya sanoatida va boshqa sanoatlarda ham ishlatiladi. Spirt ishlab chiqarishda qo‘shimcha mahsulotlar: uglerod angidridi, barda, sivush moylari va efir-aldegid fraksiyasi hosil bo‘ladi. Spirtli bijg‘ish jarayonida hosil bo‘ladigan uglerod (IV)-oksidi yig‘iladi va kompressorlar yordamida suyuq yoki qattiq holatga («quruq» muz) o‘tkaziladi. Spirtni rektifikatsiyalashda sivush moylari (izoamil, izobutil va n-propil spirtlarining aralashmasi) va efir-aldegid fraksiyasi ajratiladi. Ushbu mahsulotlar, asosan, kimyo sanoatida va qazilma boyliklarini topishda ishlatiladi. Spirt ishlab chiqarish uchun melassa yaxshi xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Uning afzalligi shundan iboratki, saxaroza miqdori yuqori bo‘lishi bilan birgalikda achitqilar ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan hamma moddalar uchraydi. Melassani qayta ishlashda xom ashyoni pishirish va kraxmalni gidrolizlashga hojat qolmaydi. Melassa sharbatidan dekstrinlar va qandlashtirilmagan kraxmal bo‘lmaganligi sababli u tezroq bijg‘iydi, bijg‘itiladigan uglevodlarning yo‘qotilishi kamayadi, shartli kraxmalga hisoblangan spirt chiqimi ortadi. Natijada spirt tannarxi ham kamayadi. Melassa bardasidan esa don-kartoshka bardasiga nisbatan xalq xo‘jaligida keng ishlatiladigan ko‘proq mahsulotlar olinadi. Barda bijg‘igan brajkadan spirtni haydagandan so‘ng qolgan qoldiq bo‘lib hisoblanadi. Kraxmal saqlovchi xom ashyoni qayta ishlashdan hosil bo‘lgan barda tarkibida kraxmal va achitqidan tashqari bijg‘igan brajkada mavjud bo‘lgan hamma moddalar saqlanadi. Solod va xom ashyoda mavjud bo‘lgan azotli moddalarning oz qismi achitqilar tomonidan o‘zlashtiriladi. Biroq achitqilar spirtli bijg‘ish jarayonida to‘la qonli oqsillar, ko‘pgina vitamin va biologik faol moddalarni hosil qiladi. Download 256.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling