Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi
TEXNOLOGIK SXEMANING IZOHI
Download 256.24 Kb.
|
kur ishi
TEXNOLOGIK SXEMANING IZOHI
Pishirish davrida birinchi navbatda donni tashqi qavatidagi xujayralar buziladi, ichki xujayralar butunligicha qoladi. Donli maxsulotlarni ichki xujayralarni buzilishi 40-50 min, kartofelniki esa 15-30 min davom etadi . YAxlit don xujayralarni buzilishi 65-75 min ichida yuz beradi. Xom-ashyolarni pishirish usullari. Spirt ishlab chiqarish korxonalarida xom-ashyoning pishirishni uzluksiz va davriy usulluri qo‘llaniladi . Uzluksiz pishirish usuli. Xom-ashyoni maydalash. xom-ashyo yaxshi bir xil maydalanmagan bo‘lsa, u truba ichida tiqilib qolishi mumkin . SHuning uchun bug‘doy unini diametri 1,5-1,7 mm bo‘lishi kerak . Ba’zi bir korxonalarda bug‘doy 2 marta maydalaniladi va diametri 1mm bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Bu esa 1 tonna bug‘doydan olinadigan spirt 0,3-0,4 dalga oshishiga olib keladi. Pishirish xaroratini 140°C dan 135-132°C tushirishga va pishirish vaqtini 10-15 min kamaytirishga olib keladi. Xom-ashyoni chala pishirish. Don uni va suv aralashtiriladi. Uning nisbatan shunday olinadiki aralashma bir xil quyuqlikda bo‘lishi kerak . Buning uchun xarorat 50°C dan oshmagan xolda aralashtiriladi. To‘lik bo‘kish va kleystrilizatsiyaga yo‘l qo‘yish kerak emas . CHala pishirishdan asosiy maqsad purkash natijasida chiqayotgan suv bug‘ini samarali ishlatishdan iborat. Agar bakterial al’fa-amilaza ishlatiladigan bo‘lsa aralashma 95-98°C gacha qizdiriladi va 15-20 min ushlanadi. 24 Chala pishirilgan aralashmani pishirish. Pishirish jarayonida aralashma bug‘ bilan aralashtiriladi va uzluksiz oqimda ma’lum xaroratda ushlanadi . Massa bir xil qizdirilishi kerak. Pishirilgan massani purkash. Purkash natijasida pishirilgan massadan bug‘ ajratiladi. Bug‘ separatorida bu jarayonni to‘liq ketishiga imkon yaratadi. Ajralayotgan ikkilamchi bug‘ xom-ashyoni chala pishirishida ishlatiladi . BBMITI moslamasida pishirish texnologiyasi . Separator orqali tozalangan don, elivator ( 1 ) orqali avtomat torozga tushadi. Undan so‘ng bunker va taxsimlagich orqali bolg‘ali maydalagichga ( 6 ) beriladi. Maydalagichda 1mm elakdan o‘tadigan darajada ( 50-60% ) maydalaniladi. Maydalangan don aralashtirgichga ( 11 ) tushadi va suv bilan aralashtiriladi. Donni suvga nisbatan 1:2,5 dan 1:3,5 gacha, xarorat esa 40-50°C bo‘ladi. Aralashtirgich valini tezligi 30-40 aylanma/min bo‘ladi. Maksimal xarorat 75-85os bo‘ladi va 5-7 min ushlanadi. Agar amilaza qo‘llanilsa 95os da 15 min ushlanadi. CHala pishirilgan aralashma plunjerli nasos ( 12 ) orqali qizdiruvchi moslamaga beriladi va 138-140°C qizdiriladi, so‘ngra pishirish kolonnasiga beriladi. Agar makkajo‘xori uni ishlatilsa xarorat 144-150°C gacha qizdiriladi. Agar kartofel ishlatilsa, u yuviladi, avtomatik torozga, undan keyin bunkerga tushadi. Bolg‘a tipidagi maydalagichdan o‘tib, xosil bo‘lgan massa aralashtirgichga tushadi. 1 kg kartofel massasiga 0,2 dan 0,5 litrgacha suv beriladi. Massa 45°C ga qizdiriladi va plunjerli nasos orqali 138°C qizdirilib pishirish apparatiga ( 13 ) beriladi . Pishirish apprati 1ta birinchi bosqichli kolonnadan va 2-4 ta 11 bosqichli kolonnadan iborat. . . .
Download 256.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling