Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi


Spirt ishlab chiqarishda mahsulotlarning material balans jadvali


Download 100.85 Kb.
bet7/9
Sana09.06.2023
Hajmi100.85 Kb.
#1470661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bbbbbbb

Spirt ishlab chiqarishda mahsulotlarning material balans jadvali

Nomi

Miqdori

Xom-ashyo

18[00 dal uchun, kg

Tozalanmagan bug‘doy

50949,56

Tozalangan bug‘doy

52478,04

Ferment preparatlari:
Aminosubtilin Gx
Glyukovamarin Gx

593
7605,3



Zames tayyorlash

Bug‘doy

50949,56

Issiq suv

91709,2

Amilosubtilin Gx

593

Jami zames

143161,768

Pishirish

Kontakt kallakda zamesni qizdirish

143161,768



par

8589,064

Jami qizigan zames

151750,832

Pishirish apparatidan chiqadigan massa miqdori

160455.8


Massani sovitish va qandlashtirish uskunasida susla tayyorlash

Sovitishga va qandlashtirishga keladi




A) kraxmalli massa

145045,592

B) Glyukovamarina Gx

7605,3

Ajraladigan ikkilamchi par

13572,629

Achitqi tayyorlash uchun susla

9158,945

Suslani bijg‘itish

Bijg‘ish bo‘limiga keladi




A) suslo (yuvish suvlari bilan)

143490,146

B) achitqili (yuvish suvlari bilan)

43703,4

Jami susla va achitqi

165013,668

Yetilgan brajka

Yetilgan brajka (spirt tutgichdan keladigan suv-spirt suyuqligini hisobga olgan holda

155232,27

Yetilgan brajkadagi suvsiz spirt (yo‘qotishlarsiz)

14235,27

Uglerod dioksid

13567,55

Bijg‘ishtish uskunalari yuvish suvlari bilan suyulgan holda bragorektifikatsion bo‘limga keladigan umumiy brajka miqdori

153705,96

Bragorektifikatsiya

Qayta haydashga kelayotgan brajka

153705,96

Brajkali va epyuratsion kolonnadagi isituvchi par

30025,782

Barda

156561,6

Rektifikatsiyalangan spirt




Suvsiz spirt

14770,8

Pasterizatsiyalanmagan spirt

219,6

Sivuxa spirtlari

259,2

Sivuxa spirtlarini haydalgan parlari

1000,8

Spirtning yo‘qolishi

44,3124

Lyuter suvi

31406,7076


Mikrobiologik va texnologik nazorat
Don tarkibida kraxmal miqdorini aniqlash
Kraxmal asosan g‘alla va kartoshkada bo‘ladi. Kartoshkada uning miqdori 12-22%, bug‘doyda 60-70% ni tashkil etadi. Kraxmalni aniq miqdorini aniqlash uchun uni maydalangan don holida olinadi.
Kraxmalni polyarizatsiya burilish burchagini aniqlash uchun uni HCl eritmasi yoki kalsiy xlorid eritmasi bilan suyultiriladi, bu Evers usuli. Bu usul kraxmalni HCl eritmasi bilan qaytarish reaksiyasiga asoslangan.
Aniqlash usuli: 30-40 g g‘alla miqdori tozalanadi va maydalanadi. Maydalangan g‘allani doskaga to‘kib yaxshilab aralashtiramiz. Bir tarkibda joylashtirilgan maydalangan g‘alladan xar xil joydan 5 g un shpatel orqali oldindan torozida tortilgan massasi aniq bo‘lgan stakanga solamiz. Uni quruq Kolraush kolbasiga joylashtiramiz. Kraxmalni g‘allada aniqlash uchun uni 2 ta probirkaga solamiz. Pipetka yordamida 25 ml HCl eritmasini olib uni oz-ozdan kolbadagi un ustiga tomchilatib aralashtiramiz. Yana 25 ml HCl eritmasidan olib kolba devoridagi parchalarni yuvib tashlaymiz, asta-sekin aralashtirib turamiz va kolbani qaynab turgan suv xammomiga joylashtiramiz. 3 daqiqa davomida kolbadagi suyuqlikni to‘xtatmasdan aralashtirib turamiz va kolbani shunday joylashtiramizki, xammomdagi suv uning og‘zigacha etib turishi kerak. So‘ng 15 daqiqadan keyin kolbani suvdan olamiz, unga 25-30 ml sovuq distillangan suv qo‘shamiz va kran tagida 200C xaroratgacha sovutamiz. Oqsil cho‘kmalarini xosil qilish uchun kolbaga 5 ml ammoniy molibdat eritmasini qo‘shamiz, eritmani xajmini distillangan suv bilan kolbani chizig‘igacha etkazamiz, aralashtiramiz va eritmani quruq filtr yordamida boshqa quruq kolbaga filtrlaymiz. Suv bug‘lanib ketmasligi uchun voronkani ustini oyna bilan yopib turamiz.
Birinchi 10-20 ml chiqqan loyqa filtratni olib tashlaymiz. Tiniq filtrat bilan 2-3 marotaba polyarimetrik trubkani chayib olamiz va tezda uni to‘ldirib polyarimetrda polyarizatsiya burchagini o‘lchaymiz, tez o‘lchanmasa filtrat yana loyqalanib ketishi mumkin, unga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Kraxmal miqdorini oziq-ovqat mahsulotlarida topish uchun (quruq moddalar
xisobida) quyidagi formuladan foydalanamiz.



W- un namligi, %


Ke –Evers koeffitsienti, ilovadagi jadvaldan topiladi.
a- polyarizatsiya burilish burchagi (saxarimetr orqali aniqlanadi).
Everst bo‘yicha 200 ml trubka uzunligida koeffitsent Ke:

Guruch uchun

1,866

Bug‘doy

1,898

Kartoshka

1,775

Jo‘xori

1,879

Arpa

1,914

Brajkadagi bijg‘imagan qand miqdorini aniqlash
Brajkadagi bijg‘imagan qand miqdori 100 ml da 0,154 – 0,4g gacha bo‘ladi. Bijg‘imagan qand miqdorini bir necha usullarda aniqlash mumkin. Biz asosiy usullardan biri Bertran usulini ko‘rib chiqamiz.
Bertran usuli bilan aniqlashda filtrlangan brajkadan 50 ml olib 100 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi, so‘ng qo‘rg‘oshin sirkasi (250g/l) eritmasidan 8 ml qo‘shiladi, aralashtiri ladi, so‘ngra Na3PO4 ning 10 % li eritmasi qo‘shiladi va belgigacha dist. suv bilan to‘ldiriladi. Pipetka yordamida 50 ml filtratdan olib 100 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi. Keyin 2 n li HCl dan 20 ml miqdori olinib filtratga qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi va kolba og‘zi yopilib 10 daqiqaga qaynayotgan suv xammomiga solinadi. Kolbadagi eritma isigandan so‘ng u sovutiladi, oldindan belgilab qo‘yilgan miqdordagi o‘yuvchi ishqor eritmasi bilan neytrallanadi, belgigacha dist. suv bilan to‘ldiriladi va yaxshilab aralashtiriladi. Brajkadagi bijg‘imagan qand miqdori quyidagi
formula bilan aniqlanadi:

Cn.s = b * V1 * V2 * 100 / a * V3 * V4 * 1000


a – analizga olingan brajka filtrati miqdori;
b – feling eritmasi bilan reaksiyaga olingan namunadagi qand miqdori;
V1tindirilgan eritma hajmi;
V2 – gidrolizat hajmi;
V3 – gidrolizga olingan tiniqeritma hajmi;
V4 – qandni aniqlash uchun olingan gidrolizat hajmi;
100 - % hisobida;
1000 – mg ni g ga o‘tgani.
Analiz o‘tkazishda tindirish va gidrolizlashni bir xil miqdordagi aralashmalar bilan olib boriladi. Qandning analizida har doim 20 ml gidrolizat olinadi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda qisqa ko‘rinishdagi formulaga ega bo‘lamiz.
Cn.s = b * 100 * 100 * 100 / a * 50 * 20 * 1000 = b / a
Spirtning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash
Toza rektifikatlangan spirtni sulfat kislota (kons.) (solishtirma zichligi 1,835) bilan aralashtirilganda, aralashmani qaynatib, so‘ngra sovutilganda, rangsizligicha qolaveradi.
Agar tarkibida organik aralashmalari bor spirt sulfat kislotasiga qo‘shilsa, xosil bulgan aralashmaning rangi bir oz (och sariqdan quyuq to‘q qizilgacha) bo‘yaladi. Spirt tarkibida qo‘shimchalar qancha ko‘p bo‘lsa, aralashma shuncha quyuq bo‘ladi.
Spirtning tozaligini aniqlash sinovlari spirt ichidagi aralashmaning miqdorini va sifatini aniqlamaydi, faqat ularning borligini tasdiqlaydi xolos, ya’ni spirtning
ifloslanganlik darajasini ko‘rsatadi.
Aniqlash usuli qo‘yidagicha: sinaluvchi spirtni 10 ml.ni 70 ml.li og‘zi tor kolbaga quyiladi va zudlik bilan 3-4 bo‘lakka bo‘lib, 10 ml kons. sulfat kislota quyiladi va kolbani chayqatib turiladi. Qizdirish davomida kolba olov ustida doimo aylantirib turiladi, chunki yaxshi aralashishi va kolba bir tekis qizitilishi lozim. Bunda alanga qizdirilayotgan suyuqlikdan baland ko‘tarilmasligi kerak. Qizdirish muddati suyuqlik yuzasiga pufaklar chiqishi kuzatilgandan keyin, odatda 30-40 sekund davom etadi. So‘ngra suyuqlik tindiriladi va sovigan suyuqlikning rangi oq fon erdamida aniqlanadi.
Agar aralashmaning rangi spirt rangiga o‘xshab tiniq, rangsiz bo‘lsa, unda sinov natijasi ijobiy deb baholanadi.
Qandlashtirish jarayonini nazorat qilish
Qandlashtirish jarayonini nazorat qilish uchun sharbatdan namuna olinadi: uzluksiz qandlashtirishda - issiqlik almashinish qurilmasi va bijg‘ish chani orasidagi quvurdan har smenada 6-8 marta; davriy qandlashtirishda - qandlashtirish jarayoni tugagach har bir zator chanidan namuna olinadi.
Sharbat namunalari paxta mato orqali filtrlanadi. Tiniq filtratda quruq moddalar konsentratsiyasi (saxarometr yoki refraktometr yordamida), kislotaliligi (metil qizili indikatori ishtirokida uyuvchi natriy bilan titrlash) va qandlashtirish jarayonining naqadar to‘liq borganligi (yod bilan sifat reaksiyasi) aniqlanadi. SHarbat tomchisiga yod bilan ishlov berilganda rang o‘zgarmasa qandlashtirish me’yorda borganidan; qizil rang - muhitda ko‘p miqdorda dekstrinlar mavjudligidan; ko‘k- binafsha rang esa muhitda qandlashtirilmagan kraxmal mavjudligidan dalolat beradi. Yod bilan ishlov berishda rangning bunday o‘zgarishi qandlashtirish solod bilan olib borilgandagina o‘rinli. Qandlashtirishda mikroorganizmlar ferment preparatlaridan foydalanganda rang ko‘kligicha qolishi mumkin.

Download 100.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling