Oziq-ovqat texnologiyalari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Don ekspertiza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlash tartibi
- Organoleptik baholash.
- Laboratoriya tahlili
Ishning maqsadi: dondan olinadigan yormalar bilan tanishish. talabalarni
yorma sifatini aniqlashni, bir turli yorma to`plamidan olingan o`rtacha namunalarni tahlil qilishni o`rgatish. Vazifa. Yorma namunasini ajratish va yormaning turi, raqami yoki naviga qarab organoleptik ko`rsatkichlarini aniqlash. Asbob uskunalar: oyna, qoshiqcha, yupqa yog`och taxtachalar, hokandozcha, pinstetlar, bo`lgich, analitik va texnik tarozilar, chinni idishchalar, elaklar to`plami, 5-10 kattalikda ko`rsatuvchi lupa, stol yoki silliq satxli enlik taxta, shpatellar, yormalar namunasi, yormalar standarti. Ishlash tartibi: namuna og`irligi 1,5 kg. Qismlarni tanlashda va o`rtacha namunani ajratishda DAST ga rioya qilish zarur. Yorma sifat ko`rsatkichlarini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: avval rang, hid, ta`mi va g`archillashi, so`ng namlik, ombor zararkunandalari bilan zararlanishi, temir aralashmalar miqdori, yuqori sifatli mag`iz miqdori, kulliligi aniqlanadi. Organoleptik baholash. Yormaning rangi, hidi, ta`mi va g`archillashini aniqlash uchun quyidagi usullar qo`llaniladi. Hidni kuchaytirish uchun yorma chinni kosachaga joylanib, ustidan oyna bilan yopiladi va qaynashgacha isitilgan suv hammomiga qo`yiladi, Oradan 5 daqiqa o`tgach uning hidi aniqlanadi. Yormani g`archillashi yanchilgan, kam miqdordagi (har biri 1 g atrofida) 1-2 porstiyalarini chaynash yo`li bilan aniqlanadi. Gumonli hollarda hid, ta`m va 17 g`archillash yormadan tayorlangan bo`tqadan aniqlanadi. Laboratoriya tahlili. Namlik yanchilgan yorma namunasida, uni 130 0 haroratida 40 daqiqa davomida quritib aniqlanadi. Yorma namunachasini 30 g atrofidagi og`irlikda laboratoriya tegirmonida yanchiladi. Yanchish yirikligi quyidagi shartlarga javob berishi kerak: yuzasi tozalangan no`xat uchun 0,8 mm uyachalik sim elakdan o`tishi kamida 50%, suli yormasi uchun kamida 60%, boshqa yormalar uchun kamida 75% bo`lishi kerak. Ikki aniqlashda o`rtacha namlik topiladi. Parallel tahlillar o`rtasidagi farq 0,2% dan oshmasligi kerak. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling