24
6-LABORATORIYA ISHI
MAVZU: MAKARON MAHSULOTLARI SIFAT EKSPERTIZASI
VA TOVARSHUNOSLIGI
Ishdan
maqsad
Makaron maxsulotlarini organoleptik baxolash, namlik,
kislotalilik qaynatish xossalari, mustaxkamligi, siniqlar, ushoqlar
va deformatsiyalangan maxsulotlarining miqdorini aniqlash
Ish bajarish tartibi:
Makaron maxsulotlarining sifatini organoleptik baxolash. Makaron
maxsulotlarini tashki ko`rinishi rangi, yuzasi, shakli bilan tavsiflanadi. Makaron
maxsulotlarining rangi, rangli kremsimon yoki sariq tusli bir jinsli bo`ladi.
Kattiq bug`doydan ishlab chiqarilgan maxsulot oltin–sariq, rang, qaxrabosimon
rangli, yumshoq bug`doy yormachasidan kremsimon–sariq, oliy navli bug`doy
unidan och kremsimon rangli bo`ladi. Yuzasi silliq bo`lishi kerak. Dag`al yuza
maxsulotni tashqi ko`rinishini yomonlashtiradi
va qaynatish jarayonida
suyuqliklakni loyqalashtiradi. Makaron maxsulotlarini
sindirilganda shaffof
bo`lishi kerak. Maxsulotni shaklini to`g`riligi uzun maxsulotlar to`g`ri va devor
qalinligi bir tekis bo`lishi kiradi.
Makaron maxsulotlarning ta`mi va xidi.
Ta`mi va xidi turiga xos, begona ta`mlar va xidlarsiz bo`lishi kerak.
Makaron maxsulotini namligi va kislotaliligini
aniqlash uchun namuna tayyorlash
50 g makaron maxsuloti xavonchada maydalaniladi
va teshiklar diametri
1 mm bo`lgan elakdan to`liq o`tguncha laboratoriya tegirmonida maydalaniladi.
Elakdan o`tgan massa namlikni o`lchash uchun olinadi. Qolgan qismi № 27
elakda elanadi. Elakda qolgan qismi bilan aralashtirilib
kislotalilikni aniqlash
uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: