21
NAZORAT SAVOLLARI:
1.Yormani qanday turlarini bilasiz?
2.Yormani sifat ko`rsatkichlarini aniqlash ulsullari.
3.Yormada qanday aralashmalar uchraydi?
4.Yorma turlari uchun qanday kattalikda elaklar ishlatiladi?
5.Yorma sifatini baholashda mag`iz qanday ahamiyatga ega?
6.Mag`izning sifatli bo`lib etilishiga qanday omillar ta`sir ko`rsatadi?
7.Yormadagi aralashmalar mag`izning chiqishiga ta`sir ko`rsatadimi?
5-LABORATORIYA ISHI
MAVZU:
UNLARNING SIFAT EKSPERTIZASI VA
TOVARSHUNOSLIGI
Ishdan maqsad: Unning sifat ko`rsatkichlarini xaqida umumiy tushuncha hosil
qilish.
Asbob va materiallar:
1.Texnik tarozi;
2. Un
3.SHpatellar
4.Tahlil doskasi
Asosiy tushunchalar.
Un bug`doyning qayta ishlangan mahsuloti bo`lyb,
ui tayyorlash uchun
guruch, makka, makkajo`xori, arpa, bug`doydan foydalaniladi. U
N
tayyorlash
jarayoni bir necha bosqichdan tashkil topgan bo`lib, donni tozalash va uni
yanchishdan iborat. Donni
tozalash jarayoniga uni qumdan, tuproqdan,
mikroorganizmlardan va boshqa chiqindilardan ajratish kiradi.
Rangi - har bir un ko`rinishi, naviga qarab alohida rangda bo`ladi. Javdar
uni
oq-sariq rangda, bug`doy uni oq, och sariq rangda bo`ladi. Unning rangi
qanchalik oq bo`lsa, navi yuqori hisoblanadi.
YOmonsharoitda uzoq
saqlanganligi, ombor kushandalari bilan zararlanishi natijasida javdar uni
qo`ng`ir rangga kirib qoladi.
Ta`mi. YAxshi sifatli un shirin, yoqimli ta`mga ega bo`ladi. Achchiq
ta`m yog`larning achishidan (aldegid va ketonlar to`planishi), cho`p-xashak,
urug`larning aralashib qolishndan paydo bo`ladi.
Achchiq, nordon ta`m ba`zn ombor zararkunandalarining unga ta`siri
natijasida paydo bo`ladi. Ungan dondan tayyorlangan unning ta`mi
shirin
bo`ladi. Un chaynalganda qisirlamasligi kerak, bu mineral yoki qum aralashmasi
bo`lishiga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: