Oziq-ovqat texnologiyasi


Download 9.96 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi9.96 Kb.
#1251704
Bog'liq
ilmiy raxbar tavsiyanoma


Urganch Davlat Universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti

“Oziq-ovqat texnologiyasi” yo’nalishi 3- bosqich talabasi


Sharipova Zumrad Maqsudbek qiziga ilmiy rahbari tomonidan

Xulosa
Sharipova Zumrad Maqsudbek qiziga Kimyoviy texnologiyalar fakultetiga
2020-yilda to’lov shartnomasi asosida “Oziq-ovqat texnologiyasi” yo’nalishiga o’qishga qabul qilindi. O’qish mobaynida Sharipova Zumrad Maqsudbek qizi
o’zining izlanuvchanligi, bilim olishga intiluvchanlik xususiyatlari bilan o’zini namoyon qilib kelmoqda. Shuningdek, Universitet iqtidorli talabasi sifatida fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirib, Zamonaviy taraqqiyotda ilm-fan va Madaniyatning o’rni nomli Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasida “Mahalliy va dorivor xom ashyolar asosida alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishni takomillashtirish usullari”, “Quritilgan mevalar va shifobaxsh giyohlar asosida ekstraksiyalar va alkogolsiz ichimliklarni fizik kimyoviy tahlil qilish”"International journal of advanced research in education technology and management jurnalida " Topinambur kukunining bug'doy noni sifatiga ta'siri" shu nomli maqola va tezislari bilan faol ishtirok qilib kelayotgani uchun bir qancha Sertifikatlar qo’lga kiritib kelmoqda. Bundan tashqari, darslarda va laboratoriya mashg’ulotlarida o’zining bilimi va qiziquvchanligi bilan ajralib turadi. O’zining bo’sh vaqtlarida oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi laboratoriya xonalarida ilmiy ishi bilan shug’ullanadi. Sharipova Zumrad Maqsudbek qizi yuqoridagi fikrlarga tayangan holda, talaba O’zbekiston Yoshlar ittifoqining faol a’zosiligini inobatga olib, iqtidorli talabalar safiga tavsiya qilaman.
Urganch Davlat Universiteti
Kimyoviy texnologiyalar
Fakulteti, oziq-ovqat texnologiyasi
kafedrasi o’qituvchisi: Sabirova N.K

URGANCH-2022
Download 9.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling