Oziq-ovqat texnologiyasi


Download 1.22 Mb.
bet40/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#234484
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Bog'liq
саноат экологияси қўлланма 2020-21охирги вариант

Al2(SO4)3+3Ca(HCO3)2→2Al(OH)3+3CaSO4+6CO2
Al(OH)3 pag’a-pag’a cho’kma hosil qiladi va sistemadagi dispers zarralarni o’ziga ilashtiradi va yiriklashib cho’kadi. Ortiqcha ishqoriy muhit kislota yoki tarkibida CO2 gazlari bo’lgan tutun gazlari yordamida neytrallanadi:
2NaAlO2+CO2+H2O=Al(OH)3+Na2CO3
Koagulant sifatida temir yuzlari ham keng qo’llaniladi. Temir tuzlari past temperaturada ham yaxshi ta’sir ko’rsatadi, pag’a-pag’a zarralari yirikroq va mustahkamroq bo’ladi, ularni turli tuzli eritmalarda qo’llash mumkin, suvning hidini yo’qatadi (H2S ni yutadi). Kamchiligi – tozalash jarayonida rangli eritmalar hosil qilish mumkin, hamda kislotaligi yuqori bo’ladi, pag’a zarralari yuzasi esa kamroq bo’ladi. Shuning uchun ko’pincha Al2(SO4)3 va FeCl3 tuzlari birgalikda ishlatilib, suv tozalash jarayonlarida ularning 1:1 dan 1:2 nisbatgacha aralashmalari yaxshi natijalarni beradi. Polidispers sistemalarda koagulatsiya yaxshiroq boradi, chunki cho’kish paytida katta zarralar o’zi bilan kichik zarralarni ham birga cho’ktiradi. Zarrachalar formasi koagulatsiya jarayonida katta ahamiyatga ega.

Cho’ziq zarralar sharsimon zarralarga nisbatan yaxshiroq koagulatsiyalanadi. Organk koagulyant (yoki flokulyant) sifatida ayniqsa, kiyingi yillarda bir qator polimer moddalar ishlatilmoqda. Ularning ko’p texnologik afzalligi bor. Flokulatsiya jarayoni kagulatsiya jarayonini jadallashtirish uchun qo’llanib, cho’kish terzligini oshiradi. Flokulant ishlatilganda koagulant dozasi kamayadi.

Flokulatsiya jarayonida asosan tabiiy va sintetik flokulantlar ishlatiladi. Tabiiy flokulantlarga kraxmal, dekstrin, efirlar, selluloza moddalari kiradi. Sintetik flokulantlarga poliakrilamid (-CH2-CH-CONH2)n, uniflok moddasi kiradi. poliakrilamid 1m3 suvga 0,4-1 gr atrofida solinadi. Poliakrilamid ta’sir doirasi keng bo’lib, pH>9 bo’lganda flokulatsiyalangan zarralarning cho’kish tezligi kamayishi mumkin. Poliakrilamid 7-9 % li gel ko’rinishida ishlab chiqariladi, suv solinganda uning qovushqoqligi keskin oshadi. Oqava suvning koagulatsiya va flokulatsiya tozalash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

1) oqava suv bilan reagentlarni aralashtirish;

2) yirik zarralarni hosil bo’lishi;

3) hosil bo’lgan zarralarni cho’ktirilishi.

Koagulyantni va suvni aralashtirish uchun gidravlik va mexanik aralashtirgichlar ishlatiladi. Gidravlik aralashtirgichlarda aralashtirish jarayoni suv oqimining yo’nalishini va tezligini o’zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Mexanik aralashtirgichlarda esa aralashtirish jarayoni aralashtirgichni bir maromda sekin olib borish bilan amalga oshiriladi, chunki aralashtirgich tez aylantirilganda hosil bo’lgan yirik zarralar yemirilishi mumkin. Shundan keyin koagulyant bilan aralashgan suv zarralari (pag’lar) hosil bo’lish kamerasiga yuboriladi. Bu yerda pag’larni hosil bo’lish vaqti 10-30 minutni tashkil etadi. Ushbu tozalash jarayonining texnologik sxemasi quyidagicha: Tindirgichda cho’ktirib ushlab qolingan cho’kmalar qayta ishlashga yuboriladi, tozalangan suv esa keyingi tozalash bosqichiga uzatiladi.

Bu sxemada gidravlik aralashtirgich quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi;




Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling