Nazariy asoslari
Gorizontal tindirgich – suvning harakat yo'nalishi bo'yicha cho'zilgan to'rtburchak idish, bunda tozalangan suv tindirgich bo'ylab gorizontal yo'nalishda harakatlanadi. Bir va ikki qavatli gorizontal tindirgichlar mavjud. Odatda gorizontal tindirgichlar temir-betondan tayyorlanadi va suvni dastlabki tozalash uchun ishlatiladigan tindirgichlari yerga mahkamlangan yoki mahkamlanmagan holda o'rnatilishi mumkin. Amaliyotda tozalanadigan suvning har qanday sifatida va suvni tozalash kompleksining unumdorligi kamida 30 ming m3/sutka ni tashkil qiladigan gorizontal tindirgichlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Gorizontal tindirgich - uzunligi L, kengligi B, chuqurligi H bo'lgan to'rtburchak havzadir (3.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |