Oziq-ovqat texnologiyasi
Kalibrlangan egri chiziq chizish uslubi
Download 1.22 Mb.
|
саноат экологияси қўлланма 2020-21охирги вариант
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eritma Tomchilar soni Sirt tarangligi S-konsentratsiya
- Dastlabki eritma
- Nazorat uchun savollar
- Foydalanilgan adabiyotlar
Kalibrlangan egri chiziq chizish uslubi
Berilgan organik moddaning 5 xil konsentratsiyali standart eritmasi tayyorlanadi. Masalan, C3H8O (izopropil spirti) ning 1M; 0,5M; 0,25M; 0,125M; 0,06M eritmalari tayyorlanib stalagmometrda tomchilar soni aniqlanadi va δ=δono/n formula yordamida shu konsentratsiyalarga tegishli eritmaning sirt tarangligi (δ) topiladi.
Jadvaldan foydalanib δ = f (C) grafigi chiziladi. Ishni bajansh tartibi Kerakli reaktiv va asboblar: 1. Aktivlangan ko‘mir 50 g. 2. Distillangan suv 100 ml. 3. Stalagmometr. 4. Tarozi. 5. Kolba 100 mlli — 4 dona. 6. Filtr qog‘ozi — 4 dona. Oqava suv bor kolbaga 0,5-l,5g adsorbent-aktivlangan ko‘mir solinadi; yaxshi silkitib chayqatib aralashtiriladi va 20-30 minut tinch qoldiriladi; shunda eritmada muvozanat hosil bo'ladi. Keyin ichiga aktivlangan ko'mir solingan oqava suv filtrlab olinadi. δ ni topish uchun stalagmometrning pastki uchi suyuqlikka botirilib unga chiziq-belgidan balandroqgacha suyuqlik so‘rib chiqariladi; stalagmometr qat’iy ravishda vertikal o'rnatilib har ikki belgi-chiziq oralig'i hajmidagi suyuqlik tomchi-tomchi qilib tushiriladi; bunda qancha tomchi tushgani sanab boriladi. δ dastavval distillangan suv uchun topiladi, so'ngra muallim ko'rsatgan oqava suv uchun topiladi va muvozanat holatga kelgan eritmaning qiymati yuqorida tavsif etilgan usulda topiladi. Tekshirilayotgan eritmaning sirt tarangligi quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi: δ=δono/n bunda,
δ0-distillangan suvning sirt tarangligi (72,75n/m); n0-distillangan suv tomchilari soni; n- tekshirilayotgan suyuqlik tomchilari soni. Sirt tarangligining qiymatlariga qarab dastlabki va muvozanat holatdagi konsentratsiyalar topiladi, bunda tegishli chizma (kalibrovkalangan egri chiziq) dan foydalaniladi. Topilgan ma’lumotlardan foydalanib adsorbsiya A ning qiymati hisoblab chiqariladi (mol/g).
Bu yerda, С1— dastlabki eritmaning konsentratsiyasi, mol/1; C2— muvozanat holatdagi eritmaning konsentratsiyasi, mol/1; m — eritmaning hajmi, 1; υ — adsorbentning massasi, g. 5.2-jadval.
Nazorat uchun savollar: 1. Organik ifloslovchilari bo‘lgan oqava suvlarni qanday usullarda tozalaniladi? 2. Oqava suvni erigan organik bekorchi qo‘shimchalardan tozalashda qo‘llaniladigan regenerativ usul qanday? 3. Oqava suvni erigan organik bekorchi qo‘shimchalardan tozalashda qo‘llaniladigan destruktiv usul qanday? 4. Adsorbsiya deb qanday jarayonga aytiladi? 5. Stalagmometr qanday qurilma? 6. Sirt tarangligi deb nimaga aytiladi? 7. Sirt tarangligi suyuqlikni tomchilar soniga qanday bog‘langan? 8. Adsorbsiya qiymati qanday hisoblanadi? Foydalanilgan adabiyotlar Richard O., Mines Jr. Environmental engenering princeples and practice. Willey Blackwell. USA 2014.-P.667. D.Yormatova. Ekologiya. Darslik. T. 2009.-248b. Z.Ergashev T., Ergashev A. Екологическая безопасносеь-среда жизни человека. T.:Chinor ENK, 2007.-155 c. Turobjonov S.M. va boshq. Sanoat chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi.- Darslik T.:Faylasuflar jamiyati. 2011. -180 b. Ergashev A. Ekologiya, t,2005. Turobjonov S.M., Tursunov T.T., Pulatov X,L. Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi.T.:Musiqa,2010. -256 b. Yusufbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Zokirov S.G. Kimyoviy texno-logiya asosiy jarayon va qurilmalar. Darslik. T.:Fan va texnologiyalar, 2015.-848 b. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling