Oziq-ovqat texnologiyasi


-ish. Sinov koagulyatsiya


Download 1.22 Mb.
bet43/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#234484
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
саноат экологияси қўлланма 2020-21охирги вариант

1-ish. Sinov koagulyatsiya

Laboratoriya ishini bajarish tartibi va laboratoriya qurilmasining tavsifi

Sinov koagulyatsiya 250 ml sig’imli 9 ta silindr o’rnatilgan shtativlardan iborat bo’lgan qurilmada olib boriladi. Ish quyidagi tartibda bajariladi. Ishlov beriladigan suv hajmini va mahsulotning foizli tarkibiy miqdorini hisobga olgan holda, har bir silindrga quyiladigan reagentlarning ishchi eritmalarining miqdori koagulyatlarni sarflash berilgan diapazonidan hisoblanadi (20-300 mg/l). Eritmalarning zichliklari bunda 1g/sm3 ga teng deb olinadi. Silindrlarga oqava suv (200 ml) solinadi, har bir silindrga koagulyatning belgilangan miqdori qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.

Koagulyat eritmalar pipetka yoki DJ-1 suyuqlik dozatori yordamida dozalanadi. Dozator foydalanilganidan keyin korroziyani oldini olish uchun suv bilan yaxshilab yuviladi. Vertikal aralashtirgich bilan uch marotaba aralashtirish olib boriladi. Bir necha reagent ishlatilganida har bir reagentni solishdan keyin aralashtiriladi. Sinov koagulyatsiya jarayonida koagulyatlarni sarfi va ularni qo’llash rejimi o’qituvchi bilan tanlanadi. Koagulyatlar ishqoriy reagent bilan birga ishlatilganida ishqoriy reagentlarning sarfi quyidagicha aniqlanadi: Stakanga oqava suvdan 100 ml solinadi va qabul qilingan diapazonning eng katta dozasiga xos koagulyat hajmi solinadi. Aralashtirgandan so’ng oqava suvga porsiyalab (0,1-1,0 sm3) ishqor eritmasi qo’shiladi (ohakli sut uchun suspensiyaning yuqori qismidagi suyuq fazasi olinadi).

Ishqorning har bir porsiyasi solinganidan keyin aralashmani pHi o’lchanadi. Talab etilgan pH gacha ishqor qo’shiladi. Titrlash natijalariga qarab koagulyatning 1mg/l dozasiga sarflanadigan ishqorning solishtirma miqdori hisoblanadi.



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling