4.2-rasm. To’siqli aralashtirgich.
1-koridor; 2-to’siq; 3-oynachalar
Bundan tashqari Al2(SO4)3 va FeCl3 tuzlari 1:1 dan 1:2 gacha nisbatdagi aralashmasi, aluminiy tarkibli chiqindilar, shlaklar, pastalar ham koagulyant sifatida ishlatilishi mumkin. Oqava suvdagi aralashmalarning konsentratsiyasiga qarab, koagulyant dozasini aniqlash quyidagi jadvalda keltirilgan.
Suvda aralashmalar konsentratsiyasi, mg/l
Quruq koagulant dozasi, mg/l
Suvda aralashmalar konsentratsiyasi, mg/l
Quruq koagulant dozasi, mg/l
100 gacha 25-35 801-1000 60-90
101-200 30-45 1001-1400 65-105
201-400 40-60 1401-1800 75-115
401-600 45-70 1801-2200 80-125
601-800 55-80 2201-2500 90-130
Koagulatsiya jarayonida aluminiy va temir gidrooksidlarining suvdagi pag’alarini hosil bo’lishini tezlashtirish uchun yuqorida aytib o’tilganidik flokulyantlar ishlatiladi. Flokulant sifatida faol kremniy kislotasi (x SiO2 * y H2O) va poliakrilamid ishlatiladi. Flokulantlarni tindirgichga solinadigan dozasi poliakrilamid uchun 0,4 dan 1,5 mg/l gacha, kremniy kislotasi uchun 2-3 mg/l deb qabul qilingan.
2- tajriba ishi. Oqava suvlarni koagulyatsiya va flogulyatsiy usuli bilan tozalash
Do'stlaringiz bilan baham: |