Oziq-ovqat texnologiyasi


-rasm. Gorizontal tindigich


Download 1.22 Mb.
bet16/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#234484
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
саноат экологияси қўлланма 2020-21охирги вариант

3.1-rasm. Gorizontal tindigich
Tozalanadigan suv xavzaning bir chetidan keladi, tindirgichning 1 cho'ktirish

zonasi bo'ylab o'tadi va qarama-qarshi tomonga yuboriladi. Tindirgichda H chuqurligidan pastda, 2- yig'ish zonasi joylashgan bo'lib, unda cho'kindi to'planadi va zichlanadi, bunda uning tubida suv oqimiga qarama-qarshi kamida 0,02ga teng qiyalik bor.

Agar tindirgichning kengligi ahamiyatli bo'lsa, u kengligi 6 m dan oshmaydigan ko'ndalang to'siqlar bilan qismlarga bo'linadi. Tindirgichning yig'ish zonasining hajmi unga tushadigan cho'kmalarni qabul qilishga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Tozalanadigan suvda muallaq zarralarning miqdori anchagina bo'lganda, tindurgichda cho'kmani chiqarish jarayoni mexanizatsiyalashtirilishi kerak. Buning uchun nasos yoki teshik quvur tizimlari bo'lgan kurakli transportyor o'rnatiladi.

10 m3/s dan ortiq suvni tozalash uchun kerak bo'lganda gorizontal tindirgichlar iqtisodiy jihatdan samaralidir. Qoida tariqasida, kamida ikkita parallel gorizontal joylashtirilgan tindirgich quriladi.

Tindirgichga berilishidan oldin, odatda, suvga koagulyant qo'shiladi, bu esa suspenziyada zarrachalarning kattayishiga yordam beradi. Koagulyatsiya jarayonida hosil bo'lgan katta zarralar bir necha baravar tezroq cho'kadi. Koagulant sifatida ko'pincha alyuminiy sulfat, temir kuporosi, temir xlorid (Al2SO4; FeSO4; FeCl) ishlatiladi. Cho'kish zonasining chuqurligi H = 2,5 ... 3,5 m.

Gorizontal tindirgichlarni hisoblashda, asosan, cho'kish zonasidagi suvning o'rtacha harakat tezligida tozalashning talab etilgan samarasini ta'minlaydigan cho'kish zonasi uzunligini aniqlash kerak. Shu bilan birga, soddalashtirilgan ko'rinishdan kelib chiqqan holda muallaq zarrachalar tindirgichda harakatlanmaydigan suv hajmida cho'kishini tasaavvur etamiz, faqat bu hajm gorizontal holatda tindirgichdagi suv tezligi bilan harakatlanadi.



Tindirgichning hisobi ikki holatda amalga oshiriladi:

1) suvning minimal xiralashishi va tozalanadigan suvning qishqi minimal sarfida;

2) ushbu davrga to'g'ri keladigan maksimal suv sarfida va eng katta xiralikda.

Tindirgichning L uzunligida va undagi gorizontal harakatlanish tezligida tindirgichda suvning o'tish nazariy davomiyligi teng bo'ladi:



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling