Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad : Tuproqqa asosiy ishlov beradigan innovatsion pluglarni o‘rganish. Kerakli jixozlar
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Amaliy mashg\'ulot lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqqa asosiy ishlov berish usullari, texnika vositalari va ularga qo‘yiladigan agrotexnika talablari
1 AMALIY MASHG‘ULOT №1 Mavzu: Tuproqqa asosiy ishlov beradigan innovatsion va an’anviy pluglarning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish (6-soat) Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad : Tuproqqa asosiy ishlov beradigan innovatsion pluglarni o‘rganish. Kerakli jixozlar: “Lemken” kompaniyasining EurOpal to‘ntarma plugi. Tuproqqa asosiy ishlov berish usullari, texnika vositalari va ularga qo‘yiladigan agrotexnika talablari Dehqonchilik tizimi tadbirlari majmuasi orasida erga asosiy ishlov berish tizimi bosh o‘rinni egallaydi. Erga asosiy ishlov berishning eng maqbul tizimi tuproqni eroziyadan himoya qilishi, uning unumdorligini oshirishi, etishtiriladigan mahsulot birligiga kam mehnat va mablag‘ sarflagan holda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va muntazam hosil olishni ta’minlashi kerak. Asosiy ishlov berish turlaridan biri bo‘lgan shudgorlash tuproqqa kichik kesakli, donador tuzilish beradi, atmosferadan tushadigan yog‘inlar va o‘tkaziladigan sug‘orishlar hisobidan suv miqdorini saqlashga yordam beradi, dalani begona o‘tlardan va o‘simliklar zararkunandalaridan tozalaydi, foydali tuproq bakteriyalarining hayot faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratadi. SHudgorlash samarasi asosan uning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, sifati va haydov chuqurligiga bog‘liq. O‘tkazilgan izlanishlar natijalariga ko‘ra, haydash chuqurligini - tuproqning turi, zichligi, tuproq unumdor qatlamining qalinligi, etishtiriladigan ekinning xususiyatlari va boshqa omillarni hisobga olgan holda tanlash lozim. Ko‘llaniladigan barcha texnologiyalar zamonaviy agrotexnik talablarga javob berishi kerak. Aks holda ularning samaradorligi past bo‘ladi. Hozirgi vaqtda erga asosiy ishlov berishga qo‘yidagi agrotexnik talablar qo‘yiladi: - shudgor chuqurligi belgilangan haydash chuqurligiga mos kelishi kerak. O‘rtacha haydash chuqurligidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chetlashishlar tekis dalalarda 1 sm, tekis bo‘lmagan o‘nqir-cho‘nqirli may-donlarda 2 sm dan oshmasligi lozim; - tuproq palaxsasi to‘liq ag‘darilishi va o‘simlik qoldiqlari butunlay ko‘milishi kerak; - shudgorlangan dala yuzasi tekis va tutash bo‘lishi, chala hamda haydalmay qolgan erlar bo‘lmasligi kerak; - shudgor yuzasidagi marzalarning balandligi va egatlarning chuqurligi 5-7 sm gacha ruxsat etiladi; - maqbul namlikli dalalarni shudgorlaganda 10 sm dan katta kesaklarning miqdori 15-20% dan oshmasligi kerak; - palaxsaning maydalanishini va tuproq qatlamining yumshatilishini ta’minlash lozim. YUqorida keltirilgan agrotexnik talablarni bajarish uchun shudgorlashning bir necha usullari qo‘llaniladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari quyidagilardir (1.1-rasm): 2 Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling