Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad : Tuproqqa asosiy ishlov beradigan innovatsion pluglarni o‘rganish. Kerakli jixozlar
-rasm. An’anaviy usulda tekis ishlov beradigan pluglar
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Amaliy mashg\'ulot lotin
1.2-rasm. An’anaviy usulda tekis ishlov beradigan pluglar
5 To‘ntarma pluglar AQSH da keng qo‘llaniladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham "Case" va "Massey Ferguson" firmalarining 3,4,5 va 6 korpusli to‘ntarma pluglari keng qo‘llanilmoqda. Ammo, an’anaviy tekis ishlov berish texnologiyasining asosiy kamchiligi shundan iboratki, bunda tuproq palaxsasi ag‘darilish jarayonida ag‘dargichdan siljitilib, qo‘shni jo‘yakka ag‘dariladi. Bu esa an’anaviy texnologiya asosida ishlaydigan pluglar uchun yuqorida keltirilgan kamchiliklarni saqlab qoladi, ya’ni tuproq palaxsasini yon tomonga siljitish qo‘shimcha energiya sarfiga olib keladi. Palaxsani siljitish agrotexnik jihatdan hech qanday ahamiyatga ega emas. Natijada shudgor yuzasi to‘lqinsimon bo‘lib qoladi. Bu esa suv va shamol eroziyasining paydo bo‘lish xavfini oshiradi, hamda navbatdagi texnologik jarayonlarni bajarish uchun qo‘llanilayotgan har xil qishloq xo‘jaligi agregatlari harakatini qiyinlashtiradi. SHu bilan birga, ular konstruktiv jihatdan ham bir qancha kamchiliklarga ega, ya’ni beso‘naqay, uzun, metall sarfi yuqori hamda chap va o‘ng tomonga ag‘daruvchi korpuslarni ishga tayyorlash mexanizmi murakkab. Bu nuqsonlar, o‘z navbatida, ular asosida mujassamlashgan (bir vaqtda bir necha ishni bajaruvchi) pluglar yaratishga imkon bermaydi. Bundan tashqari, bu pluglarning qimmatligi va foydalanish xarajatlarining ko‘pligi ularni hamma joyda qo‘llashga imkon bermaydi, chunki olingan qo‘shimcha hosil hamma vaqt ham bu xarajatlarni qoplamaydi. YUqorida keltirilgan kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida an’anaviy usulga asoslangan tekis ishlov berish masalasi keyingi vaqtlarda bir qancha sinashlar natijasida yaratilgan "burilma plug" nomli plug konstruksiyalarini ishlab chiqish orqali hal qilindi. CHelyabinsk qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish institutida (CHIMESX) ishlab chiqilgan plug konstruksiyasi burilma pluglar orasida e’tiborga loyiq (1.3 - rasm). Plug asosiy rama 1, gidrotsilindr 2 yordamida asosiy rama bilan tutashgan sharnirli-burilma rama 3, burilma plug korpuslari 4, burilma tayanch g‘ildiragi 5 va osma mexanizm 6 dan iborat. Ish boshlashdan oldin bu-rilma rama o‘ng tomonga ag‘darish holatiga o‘rnatiladi, o‘z navbatida bu ho-latda plug korpuslari ham agregatning harakat yo‘nalishiga nisbatan ma’-lum burchak ostida o‘ng tomonga burilib turadi. Plugning bu holatidagi ish jarayonida korpuslar tuproq palaxsasini o‘ng tomonga ag‘daradi. Harakat yo‘nalishining o‘zgarishi bilan, ya’ni agregatning qaytishida burilma rama gidrotsilindr yordamida chap tomonga ag‘darish holatiga o‘zgartiriladi. SHu bilan bir vaqtda maxsus mexanizm yordamida, ya’ni sharnir ko‘rinishida yasalgan tortqi (unda silindrsimon reduktor va krivoship o‘rnatilgan) o‘z o‘rnini chap tomonga ag‘darish holatiga o‘zgartiradi, plug korpuslari holati ham o‘zgaradi. Natijada agregatning qaytishida tuproq palaxsasi dastlabki harakat yo‘nalishiga nisbatan chap tomonga ag‘dariladi. Ammo, bunday turdagi pluglar ham to‘ntarma pluglar kamchiliklarini to‘liq bartaraf etmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling