11
Plugni ishga tayyorlash uni traktorga ulagandan keyin bajariladi.
Dastlab birinchi
korpus lemexinig oxiri, ya’ni tugashi mavjud shudgor devorining ustiga keltiriladi.
Bu jarayon tashqi vint yordamida amalga oshiriladi (1.11-rasm). So‘ngra
agregat
ishchi
holatda harakatlantirilib, uning ravon harakati kuzatiladi.
Agarda traktor
ravon harakatlanmasa u holda ichki vint yordamida bu
kamchilik bartaraf etiladi
(1.11-rasm)
1.11-rasm. Plugni rostlanishlari sxemasi
1.12-rasm. Toshloq maydonlarda korpuslarni sinishdan saqlashning prujinali
saqlagichlar bilan jihozlanganligi
12
Optiquick rostlash tizimi sudrashga qarshilikni
minimal qiymatini
ta’minlaydi. Rostlash birikmalari eyilishga chidamli
vtulkalardan tayyorlangan
bo‘lib, engil moylanadi. Bu ularni uzoq muddat
davomida foydalanishni
ta’minlaydi.
Ikki tomonlama harakatlanadigan shtokli gidrotsilindr yordamida korpus ish
kengligini 22-60 sm ish kengligida o‘zgartirish imkoni mavjud. Bu jarayon traktor
kabinasidan amalga oshiriladi. Bunday imkoniyat plugni turli tuproq sharoitlariga
adaptatsyalash imkoniyatini beradi.
VariOpal pluglarining ish kengligini kengaytirish va toraytirish
imkoniyatlari mavjud
13
Ag‘darilayotgan palaxsa burchagini qirqadigan moslama korpus ustuniga
joylashtirilgan bo‘lib, uni turli burchakda o‘rnatish imkoniyatlari mavjud
Turli ish kengligidagi chimqirqarlar o‘simliklar va ularning qoldiqlarini to‘liq
ko‘mishni ta’minlaydi.
Korpus orqasiga o‘rnatilgan tish yordamida tuproqda “plug tovoni” deb
ataladigan zichlashgan qatlamni hosil bo‘lishining oldini oladi.
Qirqilishga mo‘ljallangan bolt lemexni tuproq tagida
yotgan tosh va daraxt
ildizlariga duch kelganda uni yaroqsiz holatga kelishdan saqlashni ta’minlaydi.
14
Ag‘dargich ishsi sirtini hosil qilgan tasmalar qalin bo‘lib, maxsus po‘latdan
yasalgan. Ularning har birini alohida-alohida lmashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: