Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad : Tuproqqa asosiy ishlov beradigan innovatsion pluglarni o‘rganish. Kerakli jixozlar
-rasm. Korpusni tashkil etadiganlari
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Amaliy mashg\'ulot lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslab qolish uchun ma’lumotlar
1.13-rasm. Korpusni tashkil etadiganlari
Plug korpusini turlilarga ajratish va ularni umumiy bashmakga boltlar orqali biriktirish orqali, korpusning xizmat qilish muddati va ish sifatini oshiriladi. Talabalarni testlash uchun namunaviy savollar: 1. Plug bilan yerga ishlov berishdagi asosiy maqsad nima? 2. Nima maqsadda plugga o‘ng hamda chap tomonga ag‘daradigan korpuslar o‘rnatilgan? 3. Yerga tekis shudgorlashning avzalliklari nimada? 4. Lemken to‘ntarma plugida nima maqsadda korpusning qamrov kengligini o‘zgartirish imkoni yaratilgan? 5. Nega birinchi korpus qamrov kengligini o‘zgartirish mexanizmi o‘rnatilgan? 6. Oddiy pluglardan foydalanishda nega shudgor yuzasi notekis bo‘ladi?. 7. Tekis shudgorlaydigan plug oddiy plugga nisbatan nima bilan farqlanadi? 8. Europal 5 plugning ravon harakatlanib ishlashiga qanday erishiladi? 9. Nega Lemken plugida o‘rnatilgan korpusni ramaga nisbatan qisman burib, uning qamrov kengligini o‘zgaradigan qilingan? 10. Lemken plugiga o‘rnatilgan Optiquick tizimi qanday maqsadda ishlatiladi? Eslab qolish uchun ma’lumotlar: 15 1. Lemken plugi tezkor korpuslar bilan jihozlanganligi sababli, uni 11 km/soat tezligida agregatlash lozim. Shunda tuproq palaxsasi sifatli ag‘dariladi, maydalaniladi. Shudgor yuzasi nisbatan tekis chiqadi. 2. Ekiladigan ekin uchun yerni shudgorlash chuqurligi a tanlanadi. Keyin, palaxsani sifatli ag‘darish uchun, rejalashtirilgan shudgorlash chuqurligi a ga nisbatan korpus qamrov kengligi b kamida 1,27 barobar katta bo‘lishini ta’minlash uchun, ramaga nisbatan burib o‘rnatish hisobiga korpus qamrov kengligi b 1 =33 sm yoki b 2 =38 sm (b 3 =44 sm, b 4 =50 sm) etib o‘rnatiladi. Plugning qamrov kengligi o‘zgartiriladi. 3. Tekis maydonda plugni g‘ildirakli traktorga osib, traktorning misol uchun, chap tomonidagi oldingi va orqa g‘ildiraklari haydash chuqurligi a ga teng h balandlikka ko‘tarib maxsus tiraklarga o‘rnatiladi. O‘ng tomonga engashib qolgan traktor bilan plug ham nogorizontal bo‘lib qoladi. Plugni gorizontal holatiga tushirish uchun kashaklar uzunliklari o‘zgartiriladi. 4. Agar xo‘jalikdagi traktorning sudrash quvvati qamrov kengligi o‘zgartirilgan plugni kerakli tezlikda (11 km/soat) sudrashga yetarli bo‘lmaydi deb hisoblansa, orqa korpus plug ramasidan yechib olinadi, plug ishchi qamrov kengligi kamaytiriladi. 5. Plug tayanch g‘ildiragini ham ramaga nisbatan burib, o‘rnatilgan b ga moslab ramaga quyiladi. 6. Optiquick mexanizmning 5-8 zvenosining uzunligi o‘zgartirilib birinchi korpus lemexini oxirini agregatning oldingi yurishida qoldirilgan shudgor devoriga nisbatan +b, ya’ni traktor g‘ildiragiga nisbatan c masofada to‘g‘ri o‘rnatilsa, birinchi korpus qamrov kengligi boshqa korpuslarning qamrov kengligiga teng qilinadi. Natijada, birinchi korpus ag‘dargan palaxsa oldingi yurishdagi oxirgi korpus ag‘dargan palaxsalarga yetib borib uriladi, maydalanadi, ag‘darilgan palaxsalar oralig‘i bir xil, shudgor yuzasi tekis bo‘ladi. Plug ramasi R-R sharnir 6 atrofida burilib birinchi korpusni g‘ildirakka yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirilish hisobiga +b25 mm bo‘lishiga erishiladi. Natijada, plug qarshilik kuchlari yig‘indisining ta’sir chizig‘i plugning oniy aylanish markazidan avtomatik ravishda o‘tadigan bo‘ladi. Plug ravon harakati ta’minlanadi. 7. Optiquick mexanizmning 4-7 zvenosini uzunligi o‘zgartirilib butun plugni traktorga nisbatan (sxemada traktorga ulangan 5-3 balkasiga nisbatan) burib plug qarshilik kuchlari yig‘indisining ta’sir chizig‘i traktor orqa g‘ildiraklarini bosim markazidan o‘tadigan qilinadi, ya’ni plugli agregat ravon harakatiga erishiladi. Ravon harakatlanish ko‘rsatkichi – bu traktor oldingi g‘ildiraklari yon tomonga burilishga intilmasdan yurishi hisoblanadi. Bunday holat plug dalada ishlatilib tekshiriladi. 8. O‘ng va chap tomonga ag‘daradigan korpuslar bir xil chuqurlikda ishlashi uchun to‘ntarish mexanizmidagi o‘ng va chap tirgaklarni bir xil balandlikda o‘rnatish lozim. 9. Ishlov berish chuqurligi traktor kompyuteriga kiritilgan bo‘ladi. Shu sababli, plugning old qismining yerga nisbatan holati traktor osish qurilmasi orqali ta’minlanadi. Orqa korpuslarning holati esa tayanch g‘ildirak yordamida o‘rnatiladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling