Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad : Tuproqqa asosiy ishlov beradigan innovatsion pluglarni o‘rganish. Kerakli jixozlar


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana10.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1187283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot lotin

Tuproq palaxsasini ag‘darish. Bu usul chimqirqarsiz pluglar bilan 
bajariladi. Bunda tuproq palaxsasi ko‘ndalang kesimda 2,36-2,54 rad. (135
0
-145
0
)ga 
ag‘darilib, o‘zining yuqori yuzasi bilan oldingi ag‘darilgan palaxsaga tayanadi (1.1, 
a-rasm). SHudgor yuzasi notekis bo‘lib (notekisliklarning o‘rtacha balandligi h=5,0-
7,0 sm), ularni tekislash uchun qo‘shimcha ishlov berish kerak bo‘ladi. Bundan 
tashqari, begona o‘tlar chuqur ko‘milmaydi. Natijada begona o‘tlar unib chiqib
dalani ifloslantiradi. 
Madaniy shudgorlash (1.1, b -rasm). Bu usul yuqorida keltirilgan usulning 
takomillashtirilgan ko‘rinishidir. Madaniy haydash chimqirqarli pluglarda 
bajariladi. Bunda tuproq palaxsasining 2/3 i chimqirqar yordamida kesilib shudgor 
tubiga tashlanadi va palaxsaning ustiga ag‘dariladi. Natijada palaxsalarning 
o‘rtalaridagi begona o‘tlar chuqurroq ko‘miladi, shudgor yuzasining notekislik 
darajasi kamayadi. Bu usul oldingi usulga nisbatan shudgor sifatini birmuncha 
yaxshilash imkoniyatini berganligi uchun madaniy deb ataladi. 
Qatlamli shudgorlashda tuproq palaxsasi yuqori i ag‘darilgan holda egat 
tubiga tashlanadi, quyi i esa ag‘darilgan holda yuqoriga olib chiqiladi (1.1, v -rasm).
1.1,g-rasmda shudgorlashning yangi usuli keltirilgan. Bu usulda tuproq 
palaxsasi ko‘ndalangiga siljitilmasdan o‘z o‘rni chegarasida 180
0
ga aylantirib 
ag‘dariladi.SHudgorlash sifatini yaxshilash, pluglar metall sarfini kamaytirish
haydov traktorlari ish sharoitini yaxshilash maqsadida tuproq palaxsalarining romb 
(1.1, d-rasm) yoki parallelogram (1.1, e- rasm) shaklida ag‘darish usullari ham 
qo‘llaniladi. 
a - chimqirqarsiz shudgorlash; b - madaniy shudgorlash; v - qatlamli 
shudgorlash; g palaxsani o‘z o‘rniga 180
0
 ga ag‘darish; d - rombsimon palaxsani 
ag‘darish; e - parallelogrammsimon palaxsani ag‘darish 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling