Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad : Tuproqqa asosiy ishlov beradigan innovatsion pluglarni o‘rganish. Kerakli jixozlar


-rasm. “Lemken” kompaniyasining EvrOpal osma to‘ntarma


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana10.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1187283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot lotin

1.4-rasm. “Lemken” kompaniyasining EvrOpal osma to‘ntarma 
plugining old ko‘rinishi 



-orqa g‘ildirak mexanizmi (1.5-rasm). 
 
 
1.5-rasm. Plugning orqa g‘ildirak 
mexanizmi 
1.6-rasm. Korpus ish kengligini
o‘zgartirish imkoniyatlari 
Plugning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri korpuslarni almashtirmasdan ularni 
ish kengligini o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligidir. Bunda plug korpuslarini 
33, 38, 44 va 50 sm kengliklarda foydalanish mumkin (1.6-rasm). Buni amalga 
oshirish uchun bolt 1 mos holda 2, 3 va 4 raqamli teshiklarga o‘rnatiladi. 
Plugning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri rama bilan birga korpuslarini 
180º ga to‘ntarilishi hisoblanib, bu jarayonni amalga oshirilish konstruksiyasining 
oddiyligi va ishonchliligidir (1.7-rasm). To‘ntarish mexanizmi gidrotsilidr 1, o‘ng 
cheklash vinti dastasi 2, shtok 3, sharnir (o‘q) 4, elka 5, markaziy tik ustun 6, 
markaziy vtulka 7, chap cheklash vinti dastasi 8 lardan tashkil topgan.
1-gidrotsilindr; 2- o‘ng cheklash vinti dastasi; 3- shtok; 4-o‘q; 5- elka; 6- 
markaziy tik ustun; 7- markaziy vtulka; 8- chap cheklash vinti dastasi 
1.7-rasm. Plug to‘ntarish mexanizmining ustdan ko‘rinishi 



Plug ikkita ko‘ndalang va bitta bo‘ylama ramalardan iborat. Ulardan birinchi 
ko‘ndalang rama qo‘zg‘almas bo‘lib, uning yordamida plug traktorga ulanadi. 
Ikkinchi ko‘ndalang rama birinchisiga nisbatan faqat aylanma harakat qilish 
imkoniyatiga ega. Uchinchi rama bo‘ylama rama bo‘lib, u ikkinchi ramaga nisbatan 
oldinga va orqaga siljiydi hamda gorizontal tekislik bo‘yicha buriladi. Uchinchi 
rama ikkinchi rama bilan mustahkamlashtirilgan ayri va rostlash mexanizmlari 
orqali bog‘langan. Tayanch g‘ildirak bo‘ylama ramaga o‘rnatilgan. Plug 
to‘ntarilganda tayanch g‘ildirak avtomatik tarzda doimo ishchi holatga o‘tib, 
o‘rnatilgan ishlov berish chuqurligini ta’minlaydi.
2- o‘ng cheklash vinti dastasi; 3- shtok; 4-o‘q; 5- elka; 9-cheklash dastasi; 10-
tutkich. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling