Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad : Tuproqqa asosiy ishlov beradigan innovatsion pluglarni o‘rganish. Kerakli jixozlar


 - rasm. CHIMESX da ishlab chiqarilgan burilma plug konstruksiyasi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana10.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1187283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot lotin

1.3 - rasm. CHIMESX da ishlab chiqarilgan burilma plug konstruksiyasi 
Burilma pluglarning ishchi organlari ikki tomonlama o‘rnatilgan pluglarga 
nisbatan ustunligi shundaki, ularga kam metall sarflanadi. CHunki plug ishchi 
a’zolari buriluvchan bo‘lib, bir tomonlama o‘rnatilgan. Ammo ularda birikuvchan 
lar ko‘p, ramani burish mexanizmi konstruksiyasi murakkab, plug korpuslarini 
tayyorlash qiymati yuqori hamda ko‘p mehnat talab etadi va ularning ish sharoitida 
ishonchligi pastdir. 
Texnologik nuqtai nazaridan qaraganda esa, burilma pluglar shudgorlagan 
dala yuzasi tekis va xush ko‘rinishni egallaydi. Ammo bu texnologiyada ham tuproq 
palaxsalari qo‘shni jo‘yakka tomon siljitilib ag‘dariladi. SHunday ekan, ularda ham 
an’anaviy usulda shudgorlaydigan pluglar kamchiliklari shubhasiz, mavjud bo‘ladi. 
Demak, texnologik kamchiliklar yuqorida keltirilgan konstruktiv nuqsonlarni 
yuzaga keltiradi (uzun, qo‘pol, metall sarfi yuqori va h.k). 
Tadqiqotchi olimlarning izlanishlari natijasida, erga tekis ishlov berishning 
ancha istiqbolli usuli vujudga keldi, qaysiki, bunda tuproq palaxsalari 180
0
ga 
aylantirilib o‘z o‘rni chegarasida yotqiziladi. 
1.2. Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalaridagi yangi texnik 
echimlardan “Lemken” kompaniyasining EvrOpal to‘ntarma plugi
“Lemken” kompaniyasining EvrOpal osma to‘ntarma plugi 35 sm 
chuqurlikgacha shudgorlash uchun mo‘ljallagan. Ushbu turdagi pluglarning afzalligi 
shudgor yuzasining tekisligi hisoblanadi, ya’ni shudgorlashdan keyin erga 
qo‘shimcha tekislash ishlarini bajarishga deyarli ehtiyoj qolmaydi. 
EvrOpal to‘ntarma plugi korpuslar soni bo‘yicha kamida ikki, ko‘pi bilan olti 
korpusli bo‘ladi (1.4-rasm). Rostlash tizimining o‘ziga xos xususiyati birinchi 
korpus ish kengligi va tortish chizig‘ini bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda rostlash 
imkoniyatiga egaligidir. 
Plugning har bir korpusi 33, 38, 44 va 50 sm kengliklarga rostlanib ishlashi 
mumkin. Boshqa pluglar kabi “Lemken” kompaniyasining EvrOpal osma plugida 
ham plugning ishchi lari-pastki va yuqorigi korpuslar hamda chimqirqarlari 



hisoblanadi. 
Plug konstruksiyasi va rostlanishlarini o‘rganishni engillashtirish uchun uni 
shartli ravishda quyidagi mexanizmlarga ajratamiz: 
- 3-3
1
va 4-14 zvenolardan tashkil topgan plugni to‘ntarish mexanizmi;
-5-6 va 6-8 zvenolardan tashkil topgan plugni gorizontal tekislik bo‘yicha 
traktorga nisbatan o‘ng yoki chap tarafga suruvchi ichki rostlovchi mexanizm, bunda 
6-8 zveno vintli;
-9-10, 10-7 va 7-5 zvenolardan iborat plug ramasini 7 sharnirga nisbatan 
buriladigan zveno, bu mexanizm korpus ish kengligini o‘zgartirishi mumkin. 
1-ko‘ndalang qo‘zg‘almas rama; 2-ustun; 3-markaziy barmoq; 4-yuqorigi 
korpuslar; 5-gidrotsilindr; 6- yuqorigi chimqirqarlar; 7-markaziy
o‘q; 8-osma qurilma; 9-pastki chimqirqarlar; 10-pastki korpuslar;
11-cheklash vinti dastasi; 12-tayanch g‘ildirak. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling