1-Amaliy mashg’ulot Yerga asosiy ishlov berish mashinalarini o’rganish (pluglar). Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad


Download 433.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi433.99 Kb.
#1370756
  1   2   3   4   5
Bog'liq
pluglar laboratoriya



1-Amaliy mashg’ulot 
Yerga asosiy ishlov berish mashinalarini o’rganish (pluglar).
 
Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad: talabaga har qanday plug bilan yer haydash 
texnologiyasini ko‘rsatib, unda shudgor sifatiga baho berish ko‘nikmalarini hosil qilish. 
Kerakli jihozlar: G’ildirakli traktor yoki tuproq kanalidagi harakatlanadigan 
mexanizm, osma plug, 20...40 kN ga mo‘ljallangan dinamometr, 25 m shpagat, ruletka, 
uzunligi 60 sm bo‘lgan 12 ta qoziq, chilangarlik asboblari.Tuproq kanali kerak bo’ladi. 
O‘qituvchi talabalarga: 
1.Pluglar haqida umumiy ma’lumot, tuzilishi va texnologik jarayoni. 
Tuproqqa asosiy ishlov beradigan har qanday plug ramasiga o‘rnatilgan ishchi qismlar, 
g’ildiraklar, ularni turli sharoitda moslovchi mexanizmlar va traktorga ulaydigan qurilmadan 
tuzilgan. 
Pluglar tasnifi. Pluglar o‘zining vazifasi, traktorga ulanish usuli, konstruksiyasi, 
korpuslar soni va mo‘ljallangan ishchi tezligiga qarab har xil turlarga bo‘linadi. Plug 
korpusining konstruksiyasiga qarab lemexli, diskli, chizelsimon, rotatsion va qurama 
(kombinatsiyalashtirilgan) kabi turlarga bo‘linadi. Eng ko‘p tarqalganlari lemexli pluglardir. 
Diskli pluglardan og’ir (o‘ta qattiq va zich) tuproqli dalalarni haydashda foydalaniladi. 
Rotatsion va qurama pluglar ekinni ekish va parvarishlash agrotexnikasi talablariga qarab 
ishlatiladi. 
Lemexli pluglar bizning qishloq sharoitida judayam keng ko’lamda qo’llaniladi. 
Plugning umumiy ko’rinishi (1-rasm) da keltirilgan. 
 
1.-rаsm.PLN-5-35 pluginingumumiyko`rinishi. 
Lemexli pluglar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 
- oddiy (keng ko‘lamda ishlatiladigan) pluglar. Bu guruhga xar yili haydaladigan 
yerlarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan pluglar kiradi; 
- maxsus pluglar. Bu guruhga changalzor — botqoqbop, plantatsiyabop, bog’bop, 
tokzorbop, o‘rmonbop, yarusli, tekis shudgorlaydigan va boshqa pluglar kiradi. 


Traktorga ulanish usuli bo‘yicha pluglar tirkalma, osma va yarim osma turlarga 
bo‘linadi. 
1. Tirkalma plug 
2. Osma plug 
3. Yarim osma 

Download 433.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling