1-Amaliy mashg’ulot Yerga asosiy ishlov berish mashinalarini o’rganish (pluglar). Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad


Plug ishlatishda HFX qoidalarini tushuntiradi


Download 433.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi433.99 Kb.
#1370756
1   2   3   4   5
Bog'liq
pluglar laboratoriya

2.Plug ishlatishda HFX qoidalarini tushuntiradi. Katta maydonga ega bo‘lgan 
dalani kichik paykallarga bo‘lib haydashdan maqsadni, uy yerda agregatni harakatlantirish 
tartibini plakatlar yordamida tushuntiradi. ATT larni izohlaydi.Dalani paykallarga ajratib 
shudgorlashda agregatning dala chetlarida salt yurishlari kamayadi, ish unumi ortadi. 
Paykallar eni va dala chetlarida agregatni burish uchun qoldiriladigan yo‘lakchalarning 
kengligi shudgorlash agregatini tarkibi hamda uni harakatlantirish tartibga qarab 
belgilanadi. Yer haydashda agregatni sirtmoqli burilish hamda qo‘shni paykallarni tuproq 
uyumini yoki shudgor jo‘yagini paydo qiladigan usullari bilan navbatma-navbat yuritish 
tartibi qabul qilinadi. Faqat shunday tartibda shudgorlash dalada minimal miqdorda tuproq 


uyumi va shudgor jo‘yaklarini hosil qilish imkonini beradi. Paykalning optimal eni B
p
quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin: 
𝐵
𝑝
= √2(𝐿𝐵 + 8𝑟
2

bu yerda 
𝐿- paykal uzunligi, m; 
𝐵- agregatning ishchi qamrov kengligi, m;
𝑟- agregatni burilish radiusi, m. 
1- jadvalda paykal enini belgilash uchun tavsiyalar keltirilgan. 
1-jadval 
Paykallarning tavsiya qilingan eni 
Paykal uzunligi, m 
Paykal eni, m 
zanjirli traktor 
g‘ildirakli traktorlar 
300-500 

41-44 
500-700 
84-92 
44-55 
700-1000 
1000-1500 
92-105 
105-126 
55-62 
62-74 
Burilish yo‘lakchasining kengligi, m 
18-20 
10-12 
5-rasm. Shudgorlash agregatini paykallar bo‘ylab yuritish sxemasi (tuproq 
marzasi uyumi va jo‘yagini hosil qilish) 


Tekis shudgorlaydigan to‘ntarma plug bilan shudgorlashda, dalani paykallarga 
ajratmasdan, ya’ni agregat dala chetidan boshlab yuritiladi, dala chetida darrov orqaga 
qaytarilib mokisimon usulda yuritiladi. A yo‘nalishida yurishda tuproqni chap tomonga 
ag‘daradigan korpuslar ishlatilsa, V yo‘nalishda, ya’ni iziga qaytayotgan plugning o‘ng 
tomonga ag‘daradigan korpuslari ishlatiladi. Natijada, marza yoki jo‘yak paydo 
bo‘lmasdan, dala tekis shudgorlanadi. Dalani shudgorlashning nihoyasida burilish 
yo‘lakchalari ko‘ndalang yo‘nalishida haydalashi kerak bo‘ladi. Albatta, dalaning 
geometrik shakliga, maydoniga va agregat kinematik o‘lchamlariga qarab, boshqa 
usullardan ham foydalanish mumkin. 

Download 433.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling