1-Amaliy mashg’ulot Yerga asosiy ishlov berish mashinalarini o’rganish (pluglar). Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad
Download 433.99 Kb. Pdf ko'rish
|
pluglar laboratoriya
1.Plugning asosiy ishchi qismlari: korpus, chimqirqar, pichoq, chuqurlatkich.
2.Plugning yordamchi qismlari: rama, g’ildiraklar, tirkagich yoki osgich, ramani ko‘tarib-tushirish mexanizmlar va saqlagichdan iboratdir. Plugning ishchi qismlarini bevosita tuproqqa ta’sir etuvchi pichoq 1, chimqirqar 2, korpus 3, chuqurlatkich 4 lar tashkil qiladi (2-rasm). 1-chuqurlаtkich; 2-kоrpus; 3- chimqirqаr; 3-pichоq. 2-rasm.Plug ishchi qismlarini joylashtirish sxemasi: 1-pichoq; 2-chimqirqar;3-korpus;4-chuqurlatgich; a-shudgorlash chuqurligi; a 1 -chimqirqarning ishlov berish chuqurligi; a 3 -chuqurlatkichning ishlov berish chuqurligi; H-rama balandligi; b-korpusning qamrov kengligi; ∆b-korpus qamrov kengligining qoplanishi; b 1 -chimqirqarning qamrov kengligi; b 3 - chuqurlatkichning qamrov kengligi; t,t 1 ,t 3 - chimqirqarning pichoq o‘qi va chuqurlatkichning asosiy korpusga nisbatan bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha joylashishi; l 1 ,l 2 ,l 3 -chimqirqar, pichoq va chuqurlatkichning asosiy korpusga nisbatan ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha joylashishi; ∆l- pichoq gupchagi va yer orasidagi masofa. Pichoq korpusning oldida joylashtiriladi va tuproq qatlamini vertikal tekislikda haydalmagan dala tomonidan tayinlangan joyda tilib ketadi va shudgor devorining silliq bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada orqada joylashtirilgan chimqirqar yoki korpus tuproq palaxsasini uzib olganida shudgor devori notekis bo‘lib qolmaydi va energiya sarfi kamroq bo‘ladi. Pichoqdan foydalanilsa, begona o‘t qoldiqlari to‘liqroq ko‘miladi, plugning harakati ravonroq bo‘ladi, tayinlangan chuqurlikning o‘zgaruvchanligi kamayadi. Download 433.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling