Nazariy asoslari
Mayda muallaq va kolloidlar ko’rinishida ifloslangan ishlab chiqarish oqava suvlarni tozalashda kimyoviy reagentlar – koagulyantlar bilan koagulyatsiya usuli qo’llaniladi. Bunday reagentlar sifatida odatda ko’p zaryadli kuchsiz asos kationlari va kuchli kislota anionlaridan tashkil topgan gidrolovchi tuzlar qo’llaniladi. Alyuminiy va temir tuzlari: alyuminiy sulfat A12(SO4)3, alyuminiy oksoxlorid Aln(OH)mCl, natriy alyuminat NaA1O2, alyumokaliyli va alyumoamoniyli achchiq tosh, temir xlorid FeCl3, II valentli temir sul’fat FeSO4, III valentli temir sul’fat Fe2(SO4)3. Bu tuzlarning o’ziga xos xususiyati bu gidroliz natijasida kam eriydigan oksigidratlarni hosil qilish qobiliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |