Oziq-ovqat xavfsizligini tadqiq qilishning zamonaviy usullari tahlilstrrepla


Download 24.19 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi24.19 Kb.
#1837865
Bog'liq
Oziq-ovqat xavfsizligini tadqiq qilishning zamonaviy usullari tahlili


Oziq-ovqat xavfsizligini tadqiq qilishning zamonaviy usullari tahlili
R e j a:


1.Tovarshunoslikda ishlatiladigan sinfiy tuzilish turlari
2.Tovar assortimenti
3.Yangi pedagogik texnologiyani aqliy hujum, oddiy suhbat, ko‘rgazmali qurollar va Venn-diagrammasidan foydalangan holda o‘tkazish usullari.
4.Tovarlarning turli xossalari to‘g‘risida axborot bilan ta’minlash.
5.Tovarlar kataloglari.

Туркумлаш, турларга ажратиш деганда товарларни умумий характерли belgilariga, xususiyatlariga qarab ma’lum bir turlarga ajratish tushuniladi. Tovarshunoslikda tovarlarni turkumlash juda katta amaliy ahamiyatga ega, chunki katta nomenklaturadagi oziq-ovqat tovarlarini ma’lum bir tartibga solmasdan turib ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirishda, hisob-kitob ishlarini olib borishda, tovarlarning assortimenti, sifati va iste’mol qiymatini mukammal o‘rganishda katta qiyinchiliklarga duch kelinadi. Oziq-ovqat tovarlarini turkumlashda ularning har xil xususiyatlari hisobga olinadi: paydo bo‘lishi, kimyoviy tarkibi, xom ashyoning qayta ishlanganlik darajasi, foydalanilishiga qarab va boshqalar. Masalan, kelib chiqishiga qarab hamma oziq-ovqatlarni - o‘simlik mahsulotlari yoki hayvon mahsulotlariga, kimyoviy tarkibi bo‘yicha esa oqsilli, yog‘li yoki uglevodga boy mahsulotlarga, qayta ishlanganligiga qarab esa xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlarga, ishlatilishiga qarab esa ozuqaviy hamda lazzatli mahsulotlarga bo‘lish mumkin. Ammo oziq-ovqat mahsulotlarini bunday turkumlashda ham ayrim kamchiliklar mavjuddir. Masalan, hozirgi kunda ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashda ham o‘simlik, ham hayvon mahsulotlari ishlatiladi yoki bo‘lmasa oqsilga boy mahsulotlar tarkibida yog‘lar ham, uglevodlar ham ma’lum darajada uchraydi. Lazzatli mahsulotlar turkumiga kiradigan ba’zi tovarlar ozuqaviylik qiymatiga ham egadir.


Shuni ham aytib o‘tish lozimki, oziq-ovqat mahsulotlarini turli xildagi klassifikatsiyalar – snflarga ajratish usullari mavjud: o‘quv, savdo, biologik jixatlariga amalga qilgan holda ajratiladi. Masalan, o‘quv klassifikatsiyasi quyidagi guruhlarni o‘z ichiga oladi: sabzavot, meva va qo‘ziqorinlar; baliq va baliq mahsulotlari; go‘sht va go‘sht mahsulotlari sut va sut mahsulotlari; tuxum va tuxum mahsulotlari, iste’mol yog‘lari, don va don mahsulotlari; kraxmal, asal, qand va qandolat tovarlari; lazzatli tovarlar guru higa bo‘linadi. Umumiy ovqatlanish tizimida esa oziq-ovqat mahsulotlari ularni saqlash sharoitiga ko‘ra sinflarga ajratadi, masalan, go‘sht va baliq makhsulotlari; sut va yog‘, gastronomik mahsulotlar; quritilgan mahsulotlar; sabzavot va mevalar.
Oziq-ovqat mahsulotlari bir necha turlarga bo‘linadi. Turlarga bo‘lishda ularning kelib chiqishi va ishlab chiqarishdagi belgilari hisobga olinadi. Mahsulotlarni navlarga ajratish o‘ziga xos jarayon hisoblanib, bu yerda asosiy talab davlat standarti tomonidan ko‘rstailadi va unga og‘ishmay amal qilish talab qilinadi.
Tovarlar assortimenti deb, biror belgi bo‘yicha bir-biriga o‘xshash tovarlar turlarining yig‘indisiga aytiladi. Odatda turli o‘lchovdagi va ko‘rinishdagi bir xil funksional xususiyatlarga ega tovarlar asssortimentni tashkil qiladi. Har bir tovar ishlatilishiga qarab turli kenglikdagi assortimentda ishlab chiqariladi. Tovarlarning iste’mol qiymati 2 ta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, bular sifat va assortimentdir.
Mahsulot sifati - bu mahsulotning o‘z funksiyasiga ko‘ra ayrim ehtiyojlarini qondirishini ta’minlay oladigan xususiyatlari yig‘indisidir. Tovarning iste’mol qiymati - bu tovarning belgilangan sharoitda ishlatilganda namoyon bo‘ladigan miqdori va iste’mol xususiyatlari yig‘indisi tufayli mavjud bo‘lgan foydaliligidir. Sifat iste’mol qiymatining chuqurligini bildirsa, assortiment uning kengligini ifodalaydi.
Mamlakatimizda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish yildan yilga ko‘payib borayotgan bo‘lsa ham, lekin ularning assortimenti va sifati ham aholi ehtiyojlarini to‘la qondira olmayapti. Buning asosiy sabablaridan biri, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish darajasi aholi sonining o‘sish darajasidan bir muncha pastdir.
Agar shu kamchiliklar bartaraf etilsa, iste’mol resurslarini 20%gacha mahsulotlarning ayrim turlari bo‘yicha 30%gacha ortishi mumkin ekan. Buning ustiga nobudgarchilikni bartaraf etish xarajatlari xuddi shu xajmdagi mahsulotni qo‘shimcha ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatga qaraganda 2-3 barobar kam bo‘ladi.
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda mahsulot sifatini yaxshilash, assortimentini kengaytirish va yangilashga katta e’tibor berilmoqda.
Masalan: Nooziq-ovqat tovarlari bo‘yicha:
1.Uy xo‘jaligini jihozlash uchun ishlatiladigan stol, stul, karavot, shkaf, divan va shunga o‘xshashlar - mebel tovarlari assortimentini
2.Oyoqqa kiyish uchun mo‘ljallangan: tufli, etik, galosh, tapochka va boshqalar - poyafzal tovarlari assortimentini tashkil qiladi.
Oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha:
Masalan: Makaron mahsulotlari - bug‘doy unidan quritilib tayyorlanadi: har xil shaklda.
1.Naychasimon (uzunligi - 30 sm, kaltalari - 15-30 sm, rojki - 1,5-5 sm, to‘g‘ri yopilgan bukilgan).
2.Lentasimon - ugralar 2-20 sm, qalinligi 2 mm dan oshmasligi kerak.
3.Ipsimon mahsulotlar: (vermishel) kaltasi 2 sm uzunligi 20 sm.
4.Shakldor mahsulotlar. Bu mahsulotlar turli shakl va konfiguratsiyada - yulduzcha, tishli g‘ildirakcha, spiral, chg‘anoq va h.k. Ko‘rinishida chiqariladi.
Masalan: unli qandolatli mahsulotlari assortimenti:
1.Pechenye un, 20-30%, qand, yog‘ 9,5% 2.Kreker (quruq pechenye). 3.Pryanik.
4.Vaflya. 5.Pirojnoye. Tort. 7.Keks. Masalan: Baliq konservalari assortimenti: 1.Seld. 2.Skumbriya. 3.Sardina.
Venn-diagrammasining asosi – solishtirish, taqqoslash, qarshi qo‘yish bunda 2 yoki 3 xil mahsulotning bir-biriga o‘xshashligi yoki belgilari tarkibi doiralar ichida ko‘rsatiladi va aynan o‘xshash belgilari doiralar kesishgan bo‘lagida namoyish etiladi.



сут
суюқ


оқ-сариқ
солиштирма оғирлиги

оқсил, ёғ, минерал моддалар, витаминлар



гўшт, қаттиқ эластик, қизил қўнғир, солиштирма оғирлиги

Bu usul talabalarga olgan bilimlarnii taqqoslashga, solishtirish – analiz va sintez qilishga yordam beradi.


Tovarlar haqida axborot turlarini tovarshunoslik nuqtai-nazaridan olganda quyidagicha turkumlash mumkin:
Kelib chiqishiga qarab ishlab chiqarish: savdo, turmush (remont bitovuyu i bitovuyu) maishiy-ta’mirlash va maishiy.
Ko‘rsatgichini xarakteriga qarab tashkiliy va tovarshunoslik;
Axborotni xajmiga qarab mahsus mutaxassislar uchun va sotib oluvchilar uchun;
Turiga qarab so‘roq markirovkasi; markirovka-shartli, ishlatishga yo‘llanma, ma’lumot, so‘roq axboroti, qaytariladigan tovarshunos-ma’lumotnomasi.
So‘roq-markirovka axboroti – ular normativ-texnik xujjatlarda ko‘rsatiladi.
Markirovka – Mark – belgi; markiren – ko‘rsatish, belgi bilan ko‘rsatish ma’nolarini anglatadi. Ular albatta to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotga yoki uni upakovkasiga qo‘yiladi va shu tovarni xarakterlaydi. Markirovka undan tashqari mahsulotga biriktirilgan asosiy yorliq, tekshirish yorlig‘i, etiketka, birka, gazmol tasma va boshqalarda ko‘rsatiladi. Upakovkada ham ko‘rsatilishi mumkin. Ular oddiy va murrakkab bo‘ladilar.
Markirovka – simvollarda va belgilarda ko‘rsatilib, so‘zli-so‘z, harf, san, simvol holida; tasviriy-rasm, figurka, grafika, fazoviy-xajmiy-relyefli va kombinatsiyada bo‘lishi mumkin.
Odatda ko‘pgina tovarlarni markirovkasida ishlab-chiqaruvchini tovar belgisi uni nomi va joylashgan joyi, mahsulot nomi, standarti tartib raqami, iste’mol xususiyati, artikuli, navi, bahosi, chiqarilgan vaqti, TNV (OTK) nomeri, soni va boshqalar ko‘rsatiladi.
Markirovkaning iste’mol va tashish turlari bo‘ladi.
Tashish tarasidagi markirovka ikki turda, ya’ni-jo‘natish va tashish muassasasiniki bo‘ladi.
Jo‘natish markirovkasini tovar ortirish tomoni bajaradi. Unda jo‘natuvchini belgisi va joyini tartib soni, jo‘natish yo‘li, stansiyasi va borish joyi ko‘rsatiladi. Agar tovarga alohida e’tibor kerak bo‘lsa uni tara va upakovkasiga maxsus markirovka ko‘yiladi: extiyot bo‘ling, shisha, tepadan tushurmang, tepasi, ag‘darmang, namdan saqlang va boshqalar.
Kleymo – tovar sifatiga kafolot belgisi hisoblanadi. Ular TNB saralovchi nomeri, shahsiy, qimmatbaho metall probasi va boshqalar. Odatda u mahsulotni ko‘rinadigan yuz tomoniga uni tekshirgan yoki ishlab chiqargan kishi tomonidan qo‘yiladi.
Shartli-markirovka axboroti – bu ishlab-chiqarish va tovar belgilaridir. Tovar belgilar dizayn-grafiklar tomonidan bajariladi va ishlab-chiqarishdan aniq hamda yetarli axborot berish kerak. Unda milliylik, til, bilim daraja aks etishi shart.
Tovar belgilari reklamada ham ishlatiladi, undan tashqari axborot materiallarida, preyskurantlarda, kataloglarda, gazetalarda, jurnallarda, kino va televideniyada aks ettiriladi.
Ishlatish uchun beriladigan axborot – bu ishlatish uchun yo‘llanma, pasport va etiketdir.
Yo‘llanmada asosan texnik tovarni konstruksiyasi, ishlash prinsipi, axborot (ishlatish va saqlash) va texnik xizmat ko‘rsatish, hamda asosiy ko‘rsatgichlar va xarakteristikasi, korxonani kafolati beriladi. Yana yo‘llanmada quyidagi bo‘limlar ketma-ket kelishi shart: umumiy ko‘rsatmaldar, texnik ko‘rsatgichlar, komplekti, texnika xavfsizligi talablari, mahsulotni tuzilishi, ishga tushirishga tayyorlash, ishlash tartibi, texnik xizmat, saqlash qoidasi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish usullari, qabul qilinganlik to‘g‘risida guvohnoma, garantiyali majburiyat, bahosi, qo‘shimcha materiallar.
Tovarni xususiyatiga qarab ayrim bo‘limlar birlashtirilishi, tushirib qoldirilishi mumkin.
So‘rov-reklama axboroti – tovarni o‘zini ko‘rmasdan turib, sirtdan to‘g‘rida axborot berishdir. So‘rov-reklama axboroti har hil tovar kataloglari, so‘rovnomalar, lug‘atlar, prospektlar, plakatlar, vkladishlar, diafilmlar, kinofilimlar, tele va radio eshittirishlaridir.
Katalog – ulgurji yarmakalarda, posilka savdosida, zayavka va shartnomalar tuzishda ishlatiladi. Uzoq vaqtga mo‘ljallangan, kitob yoki alohida varaqlar xolida skoroshivatellarga tikilgan xolda chiqariladi. Oldida tovar surati, orqasida axboroti bor.
Tovar albomi – katalogdan farqi faqat bir guruh tovarlar uchun mo‘ljallanadi (Mebel, Soatlar,...) yoki bir korxonadagi ishlab chiqariladigan tovarlar uchun. Bunda katalogga nisbatan kengroq ma’lumot beriladi, xajmi ham kattaroqdir.
Reklama-so‘rov prospektlari – ko‘pgina iste’molchilarni tovarlar bilan tanishtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, tovarlarni iste’mol qiymati, ishlatish usullari, asrash qoidalari, saqlash sharoitlari va boshqalar ko‘rsatiladi. Odatda bitta yoki bir guruh tovarlar uchun chiqariladi, ba’zida esa ishlab chiqarish korxonalari uchun ham chiqariladi. Prospektlar broshyura, instruksiya, xat, so‘rov, kalendar xolida ham chop etilishi mumkin. Ular savdo korxonalarda, ishlab chiqarish korxonalari chiqaradi.
Download 24.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling